Nursulton Nazarboyev koronavirus yuqtirib oldi

Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev
Qozog‘istoning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevda koronavirus aniqlandi. Hozirda u o‘zini o‘zi yakkalagan.
Sputnik

TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Nursulton Nazarboyev koronavirus yuqtirib oldi. Bu haqda uning rasmiy sayti xabar qildi.

Vrach Klinicheskogo meditsinskogo sentra podpisivayet probirki s obrazsami biomaterialov
Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri koronavirus yuqtirib oldi

“Hozirda Qozog‘istonning birinchi prezidenti o‘zini o‘zi yakkalagan. Afsuski, Elboshining koronavirus infeksiyasiga topshirgan so‘nggi testi musbat chiqdi. Xavotirlanishga o‘rin yo‘q”, - deyilgan xabarda.

Nursulton Nazarboyev uydan turib ishlashni davom ettirmoqda.

Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq 15 877 ta holat qayd etilgan. Bemorlarning 9629 nafari tuzalib ketgan. Virusdan 100 ta o‘lim holati kuzatilgan.