Isroilda koronavirusni o‘ldiradigan himoya vositasi ixtiro qilindi

Texnion universiteti tadqiqot guruhi rahbarining ta’kidlashicha, koronavirusni yo‘q qilish uchun atigi 30 daqiqa vaqt kerak bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 17-iyun - Sputnik. Isroillik olimlar koronavirusni yuqori harorat yordamida yo‘q qiladigan ko‘p marotabali yuz niqobini ixtiro qilishdi, deb xabar berdi Reuters agentligi.

Tojikistonda “Antikovid-19” malham ishlab chiqarildi

Texnion universiteti tadqiqot guruhi rahbari, professor Yaira Eyn-Elining ta’kidlashicha, koronavirusni yo‘q qilish uchun atigi 30 daqiqa vaqt kerak bo‘ladi.

Niqobda USB-port mavjud. U orqali smartfonniki kabi quvvat manbaiga ulansa bo‘ladi. Keyin niqob 70 darajagacha isiydi, bu esa koronavirusni yo‘q qilish imkonini beradi. Dezinfeksiyadan oldin himoya vositasini yechish kerak.

Niqobning prototipi ko‘rinishi xuddi klapanli respirator kabi - yuzda ushlab turish uchun rezina tasmalar bor. Mahsulotni ishlab chiqarish muhokama qilinmoqda. Ishlab chiquvchilar so‘zlariga ko‘ra, qurilmaning narxi standart niqobning narxidan atigi 1 dollarga qimmatroq bo‘ladi.