Poytaxtdagi sotuvchilar, talaba, o‘quvchi: aholi orasida kimlarda COVID-19 aniqlandi

14-15 iyun kunlari aholi orasida 60 taga yaqin yangi koronavirus holati aniqladi. Ularning aksariyati Toshkent shahrida.
Sputnik

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. 14-iyun kuni O‘zbekistonda koronavirus tasdiqlangan 114 nafar bemordan 27 nafari aholi orasida aniqlangan bo‘lsa, 15-iyun sanasida esa koronavirus qayd etilgan 183 nafar bemordan 29 nafari aholi orasida tasdiqlangan.

15 iyun kuni aholi orasida Toshkent shahri 25 ta, Samarqand viloyatida 3 ta, Xorazm viloyatida 1 ta aniqlangan

Toshkent shahri

Olmazor tumanida yashovchi “Chorsu” buyum bozori sotuvchisida (ishxonadan so‘ralgani uchun profilaktika maqsadida tahlil topshirgan), shu tumanda yashovchi yana uch nafar fuqaroda: “Smart xaus” xususiy qurilish firmasi dasturlovchisida (ishga borish uchun tahlil topshirgan), respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga davolanishga yotish uchun tahlil topshirgan bemorda hamda tana harorati ko‘tarilganligi sababli shifoxonaga borib tahlil topshirgan fuqaroda, shuningdek, Sergeli tumani Xonobod mahallasida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning loyiha boshqaruvchisi hamda shu tumandagi maktab o‘quvchisi (tana harorati ko‘tarilgan va  oilaviy poliklinika uchastka shifokoriga murojaat qilgan) va uning onasida koronavirus tasdiqlangan.

So‘nggi paytda nega koronavirus aholi orasida ko‘paymoqda

Bundan tashqari, Shayxontohur tumanida yashovchi, Toshkent kimyo texnologiyalari instituti talabasida (tomog‘ida og‘riq bo‘lgan, tez tibbiy yordama xizmati orqali yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan), shu tumanda yashovchi, “Orzu” fabrikasi bog‘bonida (tana harorati ko‘tarilgani bois tahlil topshirgan), Chilonzor tumanida yashovchi fuqaroda (holsizlik, yo‘tal to‘xtamaganidan keyin shifoxonaga borib, tahlil topshirgan), “Poytaxt” savdo majmuasi kiyim do‘koni sotuvchisida hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat  Milliy bankining Uchtepa tuman filiali mutaxassisida ham kasallik qayd etitlgan.

Samarqand viloyati

Samarqand viloyati Toyloq tumani “Charog‘bon” MFYdagi  avtomashinalarni ta’mirlash ustasi (tana harorati ko‘tarilganligi sababli namuna olingan), “Hamkorbank”ning Urgut filiali xodimida (mazkur moliya muassasasining barcha xodimlaridan profilaktik maqsadda namuna olingan), ushbu tumanda qandli diabet kasalligi bo‘yicha davolanishga yo‘llanma olish uchun namuna olingan bemorda ham koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi.

“Tahlillardan oydinlashadiki, yon atrofimizda koronavirus xavfi hamon mavjud. Shu yilning 15-iyundan boshlab karantin qoidalari yanada yumshatilib, qator faoliyat turlariga ruxsat berilgan bo‘lsa-da, hushorlikni aslo yo‘qotmasligimiz lozimligini kunlik voqea va ko‘rsatkichlar ko‘rsatib turibdi”, - deyilgan xabarda.

Vazirlik fuqarolardan yana karantin va sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilishni, jumladan, zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslik, chiqqanda esa niqobni to‘g‘ri taqib yurishni so‘ragan.

Shuningdek, qo‘l berib salomlashish, quchoq ochib ko‘rishishdan vaqtincha tiyilish, ijtimoiy masofa saqlash, tirband jamoat transportiga chiqmaslik, niqobsiz bo‘lgan yo‘lovchilarga yaqinlashmaslik, qo‘llarni tez-tez sovunlab yuvishni doimiy odatga aylantirish lozim.