Kubatbek Boronov Qirg‘iziston bosh vaziri vazifasini bajaradi

Kubatbek Boronov 2018-yildan buyon Qirg‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Qirg‘iziston parlamentining ko‘pchilik koalitsiyasi Kubatbek Boronov nomzodini mamlakat bosh vaziri lavozimiga ma’qulladi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston nashri xabar qilmoqda.

Qirg‘iziston bosh vaziri iste’fo berdi

Uning nomzodini yoqlab barcha deputatlar ovoz bergan.

Boronov 2018-yildan buyon Qirg‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 2011-2018 yillar davomida favqulodda vaziyatlar vaziri bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev iste’foga chiqishini ma’lum qilgan edi. U iste’fosini radiochastotalarni sotishdagi korrupsiya haqidagi jinoiy ish bo‘yicha tergovga bosim o‘tkazishda ayblanmaslik bilan izohlagan.