G‘alaba paradi: Xitoy harbiylari Moskvaga yangi Y-20 samolyotida uchib kelishdi

Xitoyning Y-20 harbiy samolyoti ilk bor Rossiyaga uchib keldi. Xitoy harbiy samolyoti G‘alaba paradida ishtirok etadi.
Sputnik

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Xitoy harbiylari G‘alaba paradida ishtirok etish uchun Moskvaga kelishdi.

Peskov: O‘zbekiston prezidenti Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etishini tasdiqladi

Xitoy harbiy havo kuchlarining Y-20 harbiy samolyoti ilk bor Rossiyaga uchib keldi. Bu samolyot G‘alaba paradida Qizil maydon oldidan uchib o‘tadi.

Samolyot 13-iyun kuni Sheremetyevo aeroportiga qo‘ndi. Bort Rossiya Federatsiyasiga 105 kishilik faxriy qorovulni olib keldi.

Xitoy Mudofaa vazirligi ta’kidlashicha, bu rusumdagi samolyot ilk bor Xitoydan Moskvaga uchib keldi. Samolyot uzoq masofaga parvozlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega ekanligini ko‘rsatdi.