UzAuto Motors Rossiyada Chevrolet sotuvini qayta yo‘lga qo‘ydi

Rossiyalik xaridorlarga taqdim etiladigan ilk modellar Chevrolet Spark, Nexia va Cobalt avtomobillari bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. 2020 yilni 15-iyunda General Motors bilan tuzilgan kelishuv doirasida UzAuto Motors Rossiyada Chevrolet rusumli ommaviy avtomobilini sotishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qozog‘istonliklar may oyida eng ko‘p Ravon Nexia xarid qilishdi

Rossiyalik xaridorlarga taqdim etiladigan ilk modellar Chevrolet Spark, Nexia va Cobalt bo‘ladi.

General Motors va UzAuto Motors tomonidan erishilgan kelishuv shartlariga ko‘ra, ushbu modellar Belarus Respublikasi va Qozog‘istonning eksport bozorlarida ham sotilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada O‘zbekiston avtomobillari sotilishi mart oyida boshlanishi kerak edi, lekin koronavirus va boshqa muammolar tufayli yoz o‘rtasigacha qoldirilgan edi.