Ota-onam mendan uyalishardi: bir aroqxo‘rning iqrorlari

Boy ota-onalarning o‘g‘li butun maoshni ichib yo‘qotardi, topgan pullarini alkogolli ziyofatlarga sarflardi. Bu alkogolizmdan aziyat chekkan bir qirg‘izistonlikning hayotiy hikoyasi.
Sputnik

Obyektiv sabablarga ko‘ra, maqoladagi qahramonning shaxsiy ma’lumotlarini keltira olmaymiz. Uning hikoyasini birinchi shaxs nomidan beramiz. Men piyonistaman. Ichishni ko‘p yillar oldin boshlaganman. Yigitlardan biri maktab diskotekasiga bir shisha qo‘lbola aroq olib keldi. Menga mast bo‘lish yoqib qoldi! Hech qanday uyakish, hayotga xalaqit beradigan o‘ylar yo‘q. Faqat yengillik, faqat o‘ynoqi kayfiyat va jasorat. Menga shunday tuyuldiki, hatto qizlar ham menga boshqacha e’tibor bera boshladi. Ungacha hamma meni semiz deb atashardi, ichib olganimdan keyin esa hamma menga boshqacha munosabatda bo‘la boshladi. Bundan tashqari, men jasurroq his qildim o‘zimni, hatto o‘zim uchun qo‘rqmasdan urishishim ham mumkin edi ...

Samarqandda piyonista erkaklar ro‘yxati tuzildi

Menga mast bo‘lish yoqib qoldi. O‘shandan beri men tez-tez mast bo‘lardim, qayerdandir pul topib, spirtli ichimlik sotib olardim. Ertasi kuni ertalab hech qayerim og‘rimas edi va men yana mast bo‘lib olardim. Ota-onam menga ta’sir ko‘rsata olishmadi, onam meni haddan ziyod yaxshi ko‘rardi. Otam, aksincha, mendan nafratlanardi - u militsiyada ishlardi va meni uning izidan borishimni istagan. Faqat men boshqacha edim, hayotimni idora bilan bog‘lashni xohlamaganman. Dadam nega uning irodasiga qarshi chiqayotganimni tushunmasdi va shu tufayli borgan sari menda tobora g‘azablanib borardi.

Men 17 yoshimdan faol icha boshladim. Men buni aytib berapmanu, lekin vaziyatning dahshatliligini endi anglayapman. Biroq unda men buni yomonligi haqida o‘ylamaganman. Ayniqsa, o‘sha yoshda. Mening oilamda alkogoliklar bo‘lmagan va men kasal bo‘lib qolganimni tasavvur ham qila olmaganman. Bu kasallik. Xarakter  zaifligi emas, hayotda maqsad yo‘qligi emas. Menga ichishni juda yaxshi ko‘rardim. Hatto bir marta men hech qachon spirtli ichimliklarni ichishni to‘xtatmaslikka va’da berdim.

Nimaga erishdim? Men ikkita universitetdan haydaldim, yelkamda aroqxo‘r tajribasidan bo‘lak hech narsa yo‘q edi. Men o‘zim ichib olardimmi yoki birontasi bilanmi – farqi yo‘q edi. Men tekinho‘r edim - biron ishga joylashib, bir necha oy hammasi yaxshi kechardida, keyin yana ichkilikka berilib ketardim.

28 yoshimda uydan chiqib, uysiz bo‘lib qoldim. Ota-onam taniqli odamlar edi, men ularning hayotini o‘z ishtirokim bilan buzishni xohlamadim, chunki deyarli har doim mast bo‘lganman. Tunimni parkda supada, podyezdlarda, tanishlarimnikida o‘tkazardim. Bu o‘g‘lining alkogolik ekanligidan aziyat chekayotgan otani ko‘rishdan yaxshiroq edi.

“Ichkilik qursin”: Toshkentda bolalar o‘z uyidan qochib ketishdi

Ota-onam menga yordam berishga harakat qilishdi, meni narkologlarga olib borishdi, ammo bundan naf bo‘lmadi. Bir-ikki safar bari pulimni faqat aroqqa sarflayotganimni angladim va shuning uchun kamroq ichishga harakat qildim, ammo hammasi qaytadan takrorlanaverardi.

Qarindoshlarim meni aldab davolagani jo‘natib yuborishdi. Ular menga kompaniyani boshqarishimni va katta xo‘jayin bo‘lishimni va’da berishdi, ammo hammasi osonroq kechishi uchun men anonim alkogoliklar guruhida davolanishim kerak edi. Kelajakdagi boylik uchun men davolanishga qaror qildim. O‘ylardimki, yaqinda hammasi tugaydi va men ko‘proq pul ishlashni boshlayman, ichishni tashlashni o‘ylamaganman ham - men muammolar girdobiga ko‘milganimni anglamasdim ham.

Davolash paytida men alkogolik ekanligimni angladim, ammo faqat miyamda, bu haqiqatni qalbimda qabul qilishdan bosh tortdim. Natijada anonim alkogoliklar guruhidan haydaldim va men yana icha boshladim. Ikki hafta ko‘chada yashadim va menga yana uysizga qaraganday qaray boshlashdi.

Bir paytga kelib men ichkiliksiz yashay olmayman, qarorlar qabul qila olmayman degan xulosaga keldim. Yoshim deyarli 25da, men hatto bir kun ham ishlamaganman. Shundan so‘ng yana anonim alkogoliklar guruhiga qaytdim. Ular davolanishim uchun mendan bir so‘m ham olishmadi. Bu oson bo‘lmadi, lekin men o‘z-o‘zimni angladim va o‘z hayotimni o‘zgartirdim.

Qirg‘izistonda aroq ichirilgan 6 yoshli bola vafot etdi

32 yoshimda bo‘lajak rafiqamni uchratdim, uchrashuvdan so‘ng o‘zim haqimda bari haqiqatni aytib berdim. O‘sha paytga kelib men bir necha yil ichmayotgan edim va ko‘rinishim juda yaxshi edi. Alkogolikning qiyofasi ko‘p yillik ichkilikbozliklarining izlaridan "tozalanishiga" taxminan bir yil vaqt ketar ekan. Har qalay mening vaziyatimda shunday bo‘ldi.

Ba’zilar mening aroqho‘r bo‘lganimni eshitib: "Sen ichmaysanku, qanday alkogolik bo‘lasan?!",- deyishardi Alkogoliklar nafaqat ichuvchilar, men huddi shunaqa odamman, bu uzoq va kuchli davolanishni talab qiladigan kasallik. Bu kasallik ekanligini ayta turib, o‘zimni va boshqa bunga qaram bo‘lib qolganlarni oqlamayman, shunchaki haqiqatni aytaman.

So‘nggi 13-yil ichida umuman ichmadim. Hatto pivo, bozo va qimiz ham o‘tgan hayotimda qolib ketdi. Yig‘ilishlar yoki ziyofatlarda men doim bokalim ichidagini ehtiyotkorlik bilan tatib ko‘raman. Hayotimda men uchun juda qadrli lahzalar va odamlar ko‘p, shuning uchun men bir qismi esimda qolmagan o‘tmishga qaytishni xohlamayman.

Hozirda men ichkilikka mukkasidan ketgan odamlarga yordam berapman, telefon raqamim internetda bor, menga alkogoliklar va ularning yaqinlari qo‘ng‘iroq qilib o‘z tarixlarini so‘zlab beradi. Odamning xohishi va intilishiga qarab uni to‘g‘ri yo‘lga solishga harakat qilaman.

Manba