O‘zbekistonda karantin 1-avgustga qadar uzaytirildi

Ruxsat berilgan tadbirkorlik subyektlarida koronavirus aniqlansa, shaxslarni karantinga olish hamda saqlash bilan bog‘liq xarajatlar mazkur subyektlar hisobidan qoplanadi.
Sputnik

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratish tartibi, shuningdek, kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazorati joriy yilning 1-avgustiga qadar saqlab qolinadi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston xalqaro parvozlarni tiklamoqda: kimlarga mamlakatdan chiqishga ruxsat berildi

Karantin cheklovlari sharoitida faoliyat yuritishiga ruxsat berilgan tadbirkorlik subyektlariga (qurilish, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish obyektlari va b.) tegishli obyektlarda belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga rioya etishi shart.

Koronavirus aniqlangan taqdirda ushbu obyektlarni va shaxslarni karantinga olish hamda saqlash bilan bog‘liq xarajatlar mazkur subyektlar hisobidan qoplanadi.