TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. “Tolibon”* jangarilari mamlakatning markaziy qismidagi Gor provinsiyasida xavfsizlik xizmati postiga hujum qilishdi. Buning oqibatida 7 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Tolo News telekanali xabar qildi.
Hujum juma kuni, kechqurun Pasaband uyezdida amalga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston hukumati Ramazon hayitining birinchi kunida "Tolibon" radikal harakatining birdaniga 900 a’zosini ozod qilgandi.
Afg‘onistonda hukumat kuchlari bilan mamlakatning qishloq joylarida muhim hududni egallab olib, yirik shaharlar bosib olishga o‘tgan “Tolibon” radikal harakati jangarilari o‘rtasida qarama-qarshilik mavjud. Shuningdek, mamlakatda "Islom davlati"* terrorchilik guruhining ta’siri kuchaygan.
Afg‘oniston milliy mudofaasi va xavfsizlik kuchlari butun mamlakat bo‘ylab qo‘shma aksilterror operatsiyalarini o‘tkazmoqdalar.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari.