O‘zbekiston va Qirg‘iziston barcha muammolarni hal qilishadi, faqat vaqt kerak – Jeyenbekov

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston nafaqat savdo-iqtisodiy, balki madaniy-gumanitar aloqalarni ham faol rivojlantirmoqda, dedi Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti.
Sputnik

TOShKENT, 12-iyun - Sputnik. Qirg‘iziston, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari qatori, o‘zining yaqin qo‘shnilari, jumladan qardosh O‘zbekiston bilan savdoni rivojlantirish va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdor, dedi qo‘shni davlat prezidenti Sooronbay Jeyenbekov 11-iyun kuni O‘sh viloyatining Aravon tumaniga tashrifi chog‘ida. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

"Yaxshi qo‘shni uzoq qarindoshdan yaxshiroq" degan maqol bor. Qirgiz va o‘zbek xalqlari asrlar davomida yonma-yon yashab kelib, do‘stona munosabatda bo‘lishgan. Ota-bobolarimiz qarindoshlik rishtalarini o‘rnatib, ikki xalqning birligini qo‘llab-quvvatlab kelgan. Ikki mamlakat bir-biriga nafaqat geografik yaqindir, bizning tariximiz, dinimiz, tilimiz bir va an’analarmiz ham o‘xshash”, - dedi Jeyenbekov.

So‘nggi yillarda Qirg‘iziston va O‘zbekiston nafaqat savdo-iqtisodiy, balki madaniy-gumanitar aloqalarni ham faol rivojlantirmoqda.

Chegara mojarosi. Abdulla Aripov Qirg‘iziston hukumati vakili bilan uchrashadi

"Prezident lavozimiga Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning kelishi bilan Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik yanada mustahkamlanmoqda. Biz yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli munosabatlarni saqlashga intilmoqdamiz, barcha muammolarni hal qilamiz, buning uchun sabr va vaqt talab etiladi. Biz bolalarimiz va davlatimiz kelajagi uchun qo‘shni davlatlar bilan do‘stlikni mustahkamlash siyosatini davom ettiramiz", - dedi prezident.

Eslatib o‘tamiz, 31-may kuni o‘zbek-qirg‘iz chegarasida So‘x tumani va Qirg‘izistonning Botken viloyati Qadamjoy tumani aholisi o‘rtasida mahalliy mojaro kelib chiqqan, natijada 187 nafar o‘zbekistonlik va 25 nafar Qirg‘iziston fuqarosi jarohatlangan.

1 iyun kuni tumanga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov tashrif buyurdi. U yerda u Qirg‘iziston hukumati rahbari vazifasini bajaruvchi Kubatbek Boronov bilan uchrashdi va mahalliy aholi bilan suhbatlashdi.

Chegara mojarosini ikki mamlakat prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Sooronbay Jeyenbekov ham telefon orqali muhokama qildilar. Davlat rahbarlari bunday vaziyatning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun kompleks chora-tadbirlar ko‘rish muhimligini ta’kidladilar.