Namanganda 1200 o‘rinli karantin shaharchasi qurib bitkazildi

Namangan viloyatida karantin shaharchasi qurib bitkazildi, uning yonidan 150 o‘rinli shifoxona ham qurilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 11-iyun - Sputnik. Namangan viloyatining Pop tumanida 1200 o‘rinli karantin hududi qurib bitkazildi, deb xabar qilmoqda Namangan viloyati koronavirus bo‘yicha shtabi.

Pop tumanida 1200 o‘rinli karantin hududi qurib bitkazildi. Tumanning G‘urumsaroy qishlog‘idagi mazkur hudud 2,2 gektar maydonda (karantin hududi va shifoxonaning umumiy maydoni 16 gektarni tashkil etadi) barpo etildi. Elektr, suv va kanalizatsiya tarmoqlari tortildi, - deyilgan xabarda.

Namanganda 1200 o‘rinli karantin shaharchasi qurib bitkazildi

Konteynerlarning har biri 26 kvadrat metrdan iborat bo‘lib, 12 kvadrat metrli alohida kirish qismiga ham ega. Xonalar 4 kishiga mo‘ljallangan, konditsioner, televizor va dush bilan ta’minlangan.

Namanganda 1200 o‘rinli karantin shaharchasi qurib bitkazildi

Endigi asosiy e’tibor karantin hududi bilan yonma-yon joylashgan 150 o‘rinli shifoxona qurilishiga qaratilgan. Bu yerda muolaja xonalari, tibbiyot bo‘limlari, oshxona, laboratoriya va dorixona barpo etiladi. Hozirda 270 nafar muhandis va quruvchi, 20 dan ortiq texnika bilan ikki smenada ish tashkil etilgan.

Namanganda 1200 o‘rinli karantin shaharchasi qurib bitkazildi