Tanazzulga uchratadi: OAVlar Bayden prezidentligining AQSh uchun oqibatlari haqida

Yozuvchi va Kaliforniyadagi respublikachilar partiyasining sobiq raisi Tom Del Bekkaro Jo Bayden bo‘lajak prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Amerika iqtisodiyoti chuqur tanazzul davriga duch keladi deb hisoblaydi
Sputnik

TOShKENT, 10-iyun - Sputnik. Demokratik partiyadan nomzod va sobiq vitse-prezident Jo Bayden bo‘lajak prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Amerika iqtisodiyoti chuqur tanazzul davriga duch keladi, deya xabar beradi FOX News yozuvchi va Kaliforniyadagi respublikachilar partiyasining sobiq raisi Tom Del Bekkaroga tayanib.

Uning ta’kidlashicha, hozirda koronavirus sharoitida Amerika iqtisodiyoti inqirozni boshidan kechirmoqda, mamlakatda rekord darajadagi ishsizlik ko‘rsatkichi qayd etildi. Shu sababli, mamlakat iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan siyosiy islohotlarga muhtoj.

Obama va Bayden "Rossiya fitnasi"da gumon qilinmoqda. Ikkovi qamalishi mumkin

Del Bekkaroning so‘zlariga ko‘ra, Bayden taklif etayotgan choralar shu qadar salbiy oqibatlarga olib keladiki, agar ular qabul qilinsa, AQSh jiddiy tanazzulga sho‘ng‘ishi mumkin.

Sharhlovchining fikriga ko‘ra, Bayden, boshqa ishlar qatorida, hozirgi davlat rahbari Donald Tramp tomonidan amalga oshirilgan va iqtisodiyotning keskin o‘sishiga va ish o‘rinlari sonining ko‘payishiga olib kelgan soliq islohotining bekor qilinishini talab qilmoqda.

Trampning potensial raqibi yuqori daromad egalariganing daromad solig‘ini, kapital o‘sishiga soliqni, tashkilotlar daromad solig‘ini oshirishni taklif qilmoqda, iqtisodiy strategiya esa chet eldan keladigan daromadlar solig‘ini ikki baravar oshirishni nazarda tutadi.

Ushbu takliflar va uning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashi mamlakat iqtisodiyotiga zarar yetkazadi, deya xulosa qildi del Bekkaro.