Kimlarga muzqaymoq iste’mol qilish tavsiya etilmaydi

Jazirama issiqda muzqaymoqdan voz kechgan ma’qul, chunki uning haddan tashqari iste’moli og‘iz bo‘shlig‘ingiz va tomog‘ingizni o‘ta sovutib yuborishi mumkin - Mixail Ginzburg.
Sputnik

TOShKENT, 10-iyun - Sputnik. Jazirama issiqda muzqaymoqdan voz kechgan ma’qul, chunki uning haddan tashqari iste’moli og‘iz bo‘shlig‘ingiz va tomog‘ingizni o‘ta sovutib yuborishi mumkin, diyetolog-shifokor Mixail Ginzburgning “360” telekanaliga aytgan so‘zlarini RIA Novosti keltiradi.

Barvaqt qarishga olib keluvchi mahsulotlar - olimlar tadqiqoti

Uning tushuntirishicha, yozda odamlar muzqaymoqni shirin ta’mi uchun emas, balki uning sovug‘ini his qilish uchun afzal ko‘rishadi. Ular porsiyalar hajmiga e’tibor bermaydi-da, ularni tezda yeb qo‘yishadi, shu orqali sog‘lig‘iga xavf tug‘diradilar.

"Bu ushbu hududlarning (og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq - tahr.) virusli infeksiyaga, xususan, koronavirus infeksiyasiga moyilligini oshiradi", - deydi telekanal suhbatdoshi.

Shifokor, muzqaymoq tarkibida shakar va transog‘lar borligini va bu vazn oshishiga olib kelishini, shuningdek aterosklerozning rivojlanishiga yordam berishini qo‘shimcha qildi.

Ginzburg, salqinlash uchun xona haroratidagi toza suvni ichishni maslahat berdi. U shirin va gazli ichimliklar chanqoqni qondira olmasligini ta’kidladi - faqat suv.

"Yana o‘rmon mevalaridan tayyorlangan morslarni ichishingiz mumkin, iloji bo‘lsa shakarsiz", - dedi u.

Diyetologning ta’kidlashicha, issiq ob-havoni qulay o‘tkazish uchun bosh kiyimlari va yengil kiyim kiyish, quyoshda yurishni cheklash va piyoda sayrlarda soyada yurish kerak.