Serenko: toliblar Dohadagi bitimni AQShning taslim bo‘lishi sifatida baholadi

Toliblar afg‘onlararo muloqotga rozilik berib, qaysi maqsadlarni ko‘zlayotganini siyosatshunos tushuntirdi.
Sputnik

Afg‘oniston hukumati va “Tolibon”* o‘rtasida muzokaralar to‘g‘risida dastlabki kelishuvga erishildi. Muzokaralarni Qatarda o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Afg‘onistonning Tolo News telekanali xabar qildi.

Siyosatshunos, Rossiyaning zamonaviy Afg‘onistonni o‘rganish markazi yetakchi mutaxassisi Andrey Serenko bu boradagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

BMT: “Tolibon” “Al-Qoida” bilan aloqalarni davom ettirmoqda

“Toliblar bugungi kunda AQShga juda tobe bo‘lib qolgan. 29-fevraldagi bitim toliblarga serhli taassurot qoldirgan, va “Tolibon”* bugun jihodchilar dunyosida Qo‘shma Shtatlarning asosiy muxlisiga aylangan”, - dedi Serenko Sputnik Tojikiston nashriga bergan intervyusida.

Ekspertning fikriga ko‘ra, toliblar, ehtimol, ushbu kelishuvlarni Pokiston ko‘magiga qaraganda ko‘proq qadrlaydi. Chunki toliblar uni AQShning Afg‘onistonda taslim bo‘lishi sifatida ko‘rishadi.

“Toliblar ushbu bitimda yozilgan barcha bandlarni bajaradi, chunki shu tariqa ular Afg‘onistonda hukumatni qo‘lga kiritishga yaqinroq bo‘lishadi deb hisoblashadi. Ularning bugungi maqsadi hecham Amerika bilan janjallashib qolmaslik”, - deya qo‘shimcha qildi u.

“Tolibon”* uchun Afg‘onistondagi hukumatga qo‘lga olish hozirda biroz keyinga surilgan strategik vazifa, bugungi kunda ular AQSh bilan siyosiy ittifoqni saqlash va mustahkamlashmoqchi. Siyosatshunosning so‘zlariga ko‘ra, AQSh ham Tramp siymosida toliblar bilan ittifoqdan manfaatdor.

* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Serenko: toliblar Dohadagi bitimni AQShning taslim bo‘lishi sifatida baholadi