Poytaxtda va uch viloyatda aholi orasida yangi koronavirus holati aniqlandi

Jiteli Tashkenta po vozmojnosti priobretayut maski dlya profilaktiki virusa
Toshkent shahri, Sirdaryo, Xorazm, Samarqand viloyatlarida 12 yangi koronavirus holati aholi orasida aniqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda yangi koronavirus holati 44 taga ko‘paydi.

“2020 yil 10-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4591 (+44) nafarni tashkil etmoqda”, - deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Vozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente
Toshkent nega “sariq” hudud bo‘lib qolmoqda?

Yangi kasallanganlarning 20 nafari karantin markazidagi  fuqarolar orasida, Toshkent viloyatida 2 nafar,  Sirdaryo viloyatidan 8 nafar va Xorazm viloyatida 2 nafar, jami 12 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi hamda 6 nafar Toshkent shahrida,  3 nafar Sirdaryo viloyatida, 1 nafar Xorazm viloyatida, 2 nafar Samarqand viloyatida aholi orasida qayd etildi.

Shu kunga qadar 3504 nafar bemor shifo topgan. Hozirda mamlakatning to‘qqiz hududidagi  tibbiyot muassasalarida jami 1069 nafar bemor davolanmoqda.