Peskov: O‘zbekiston prezidenti Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etishini tasdiqladi

Shavkat Mirziyoyevning shu yilning 24-iyun kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida ishtirok etishi kutilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyun kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradiga keladi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov so‘zlariga tayangan holda xabar qilmoqda.

Moskva MDH davlatlari yetakchilariga G‘alaba paradiga taklifnomalarni yangilaydi

“Bizda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekistondan hamda Serbiya, Xorvatiya, Abxaziya, Janubiy Osetiyadan ishtirok etish (G‘alaba paradida – tahr.) tasdig‘i bor”, - dedi Peskov.

Shuningdek, u qator davlat rahbari taklifnoma olgani va Rossiya ularning ishtirok etish tasdig‘ini kutayotganini ta’kidlagan.

Qayd etish joizki, O‘zbekiston rahbarining matbuot xizmati bu haqda e’lon qilmagan.

Rossiya prezidenti koronavirus pandemiyasi sabab qoldirilgan Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan parad 24-iyun kuni o‘tkazilishini e’lon qildi. Dmitriy Peskov Moskvadagi G‘alaba paradiga avvalo MDH yetakchilari taklif etilishini ma’lum qilgan edi.