Rossiyaning so‘nggi suv osti kemalari yana AQShni qo‘rquvga soldi

Amerika OAVlari Rossiyaning beshinchi avlod suv osti kemalari imkoniyatlariga yana bir bor baho berishdi. Ular o‘zlari uchun tasalli bermaydigan xulosaga kelishdi.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Sergey Ilin. AQShda ochiq harbiy ma’lumotlarning tahlilini odatda The National Interest jurnali olib boradi. Uning nashrlarini ko‘pincha boshqalar "ko‘chiradi". Va keyin AQSh mudofaa budjetini oshirishni qo‘llab-quvvatlaydigan siyosatchi va harbiylar bong uradi. Bu shunchaki odat tusiga kirgan.

Bu safar analitik nashr e’tiborini istiqbolli "Xaski" va "Layka" suv osti kemalariga qaratdi. The National Interest ma’lumotlariga ko‘ra, agar Rossiya ushbu texnikasi seriyali ishlab chiqarishga topshirilsa, u har qanday kemaga, shu jumladan aviatashuvchilariga jiddiy tahdid soladi.

Suvosti kemalarini kuzatib borish qiyin, ular ulkan zarba kuchiga ega. Intellektual boshqaruv tizimlarining xususiyatlari haqida gapirishga hali erta, ammo ular kemalarda bo‘lishi aniq. Kuzatuvchilar fikriga ko‘ra, Rossiya mudofaa sanoatining bunday yutuqlariga "ishonish qiyin", ammo ularni Vashington yaqqol tan olgisi kelmayapti.

"Xaski" to‘rtta raketa uskunalari bilan jihozlanadi, ularning har biri turli maqsadlardagi to‘rt hil raketaga mo‘ljallangan.

Rossiya ilk bor "Qiyomat kuni torpedasi"ni uchirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Bundan tashqari, suvosti kemasida ixcham raketa tizimi o‘rnatiladi, u yaqin masofadagi nishonlarga zarba berishga mo‘ljallangan. Bundan tashqari, tortib surilib chiqariladigan va tortiladigan gidrolokatorlar.

"Layka", material mualliflari yozganidek, zamonaviy kompozit materiallardan, shu qatori vintlari ham, yasalgan bo‘ladi. Va ular bunga ishonish mumkin emasligini qo‘shib o‘tadilar. The National Interest beshinchi avlod Rossiya kemalari qurol va lokatsion tizimlari borasida oldingi loyihalardan ancha ustun degan xulosaga keldi. Ular dengiz flotida o‘nlab yillar davomida xizmat qilishlari va zamonaviy bo‘lib qolishlari mumkin.

Biroq, to‘rtinchi avlod kemalari ham potensial dushman uchun haqiqiy xavf tug‘diradi. Masalan, "Knyaz Vladimir"ning avvalgilarga nisbatan shovqin darajasi ancha past. Xorijiy kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, Rossiya katta hajmli suv usti kemalarini qurishdan voz kechmoqchi, ammo asosiy yo‘nalish - yadroviy suv osti kemalarini loyihalash va qurish ishlarini davom ettiradi.