Infeksionist karantin choralarini yumshatishga hali juda erta deb hisoblaydi

Markaziy Osiyo davlatlarida karantin choralarini erta yumshatish nimaga olib kelishi mumkin? O‘z fikri bilan Virusli infeksiyalarning oldini olish va davolash ilmiy tadqiqot markazi direktori Georgiy Vikulov o‘rtoqlashdi.
Sputnik

Har bir davlat karantin choralarini yumshatish yoki kuchaytirish to‘g‘risida qarorni COVID-19 bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda qabul qilishi kerak deb hisoblaydi mutaxassis Georgiy Vikulov. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar berdi.

Ammo shifokorning ta’kidlashicha dunyoda koronavirusning aholi orasida aniqlanishining hamon muayan ijobiy sur’ati kuzatilib bormoqda.

Bir necha soat ichida 121 kishida koronavirus aniqlandi: aksariyati poytaxtda

“1 iyun holatiga ko‘ra dunyoda yangi musbat holatlar soni davolanayotganlar soniga nisbatan proporsional ravishda ko‘proqdir”, - deydi Georgiy Vikulov.

Shu bilan birga, infeksionist Tojikistonda joriy qilingan cheklovlarning bekor qilinishi shoshqaloq bilan qabul qilingan qaror degan fikrni bildirdi. Tojikistonda 15-iyundan deyarli barcha cheklovlar bekor qilinib, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, go‘zallik salonlari va bozorlar o‘z faoliyatini qayta tiklaydi.

Eslatib o‘tamiz, kecha sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov O‘zbekistonda aholi tomonidan sanitariya qoidalarini mensimasligi oqibatida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yanada keskinlashishi mumkinligini ma’lum qildi.

Yengillashtirilgan karantin: qaysi talablar saqlanib qolinmoqda?

Yakshanba kuni O‘zbekistonda 237 ta koronavirusga chalinish holati aniqlangan. Ulardan 207 nafari koronavirus xavfi tufayli kuzatuvda bo‘lmagan fuqarolarda.

O‘zbekistonda karantin choralari aprel oyi oxiridayoq yumshatila boshlagan edi. 8-iyundan "sariq" va "yashil" hududlarda jamoat transportida shahar (tuman) va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobus harakatlariga ruxsat berildi. "Damas", mikroavtobus va metropoliten faoliyati bundan mustasno. Diniy muassasalar, masjidlar 8-iyundan boshlab faqat “yashil” hududlarda faoliyatini boshladi. Shuningdek, 15-iyundan boshlab qator muassasalar o‘z faoliyatini qayta tiklaydi.