FVV temir panjara orasiga siqilib qolgan bolani qutqardi

Voyaga yetmagan fuqaro J.D. o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida, ariq ustiga o‘rnatilgan temir panjara orasiga oyog‘i siqilib qoldi.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. 9-iyun kuni soat taxminan 12:12larda “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi navbatchi-dispetcheriga Toshkent viloyati Angren shahar Navoiy ko‘chasida voyaga yetmagan fuqaro J.D. o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida, ariq ustiga o‘rnatilgan temir panjara orasiga oyog‘i siqilib qolganligi to‘g‘risidagi xabar kelib tushdi.

FVV: chigirtkaga qarshi kurashish uchun 700 nafardan ortiq ishchi jalb qilingan

Bu xabar yuzasidan Angren shahar navbatchilik maskanidan leytenant Sh.Qudratov boshchiligida 3 nafar qutqaruvchilar maxsus avariya-qutqaruv mashinasida voqea joyiga zudlik bilan yetib borishdi.

Qutqaruvchilar tomonidan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda fuqaro J.D.ning oyog‘i maxsus gidravlik asbob-anjomlar yordamida temir panjara orasidan chiqarib olindi hamda bolaga birinchi psixologik yordam ko‘rsatilgan holda Angren shahar markaziy shifoxonaga tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun olib borildi.