Ekspert migrantlar ma’lumotlari bazasi yaratilishi g‘oyasi yuzasidan fikr bildirdi

Migratsiya bo‘yicha ekspert Natalya Vlasova Rossiya IIVning migrantlar uchun yangi axborot platformasi ishlab chiqarilayotgani haqidagi xabari yuzasidan fikr bildirdi.
Sputnik

Rossiya Ichki ishlar vazirligi mamlakatga tashrif buyuruvchi migrantlar haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan maxsus axborot bazasi yaratilishini ma’lum qildi. Bu bilan mehnat migratsiyasini tartibga solish mexanizmlarini modernizatsiya qilish, migratsiya sohasidagi xavfsizlik va qonun ustuvorligini ta’minlash, shuningdek, migratsiya sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini kompleks axborotlashtirish rejalashtirilmoqda.

Qolaversa, mobil ilova shaklida ishlab chiqiladigan platformada migrant zarur davlat xizmatlarini va tegishli xabarnomalarni olishi mumkin bo‘lgan shaxsiy kabinetni yaratish ko‘zda tutilgan.

Rossiyada migrantlar uchun onlayn-platforma joriy etilmoqda 

Migratsiya bo‘yicha ekspert Natalya Vlasova ushbu tashabbusga ijobiy munosabatda ekanini ma’lum qildi, deya yozadi Sputnik Tojikiston.

“2000 yil boshidan buyon migrantlar Rossiyaga juda faol ravishda kela boshlashganiga qaramasdan Rossiyada hech qanday migrantlarni ro‘yxatga olib borish yo‘q. Biz ular haqida deyarli hech narsani bilmaymiz. IIVda bo‘lgan tizim migratsiyaning mos vaziyatiga javob bermaydi va bunday sharoitlarda migratsiya oqimini boshqarishning sira imkoni yo‘q”, - dedi u.

Uning ta’kidlashicha, eng asosiysi – migrantlar ma’lumotlari g‘arazli kishilarning boyligiga aylanib qolmasligida.

Vlasova yagona bazaning samaradorligi tegishli tuzilmalar tomonidan axborot ishlarining olib borilishiga bog‘liq bo‘ladi deb hisoblaydi.

“Odamlarga nima sababdan bu muhim va zarurligi, qanday to‘siqlar yuzaga kelishi va ularni qanday bartaraf etish mumkinligini tushuntirish lozim”, - deydi ekspert.