O‘zbekistondagi “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlar ro‘yxati yangilandi

O‘zbekistondagi tuman va shaharlarning toifalariga o‘zgartirishlar kiritildi. To‘liq “yashil” bo‘lgan viloyatlarda “qizil” hududlar paydo bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq epidemik vaziyatdan kelib chiqqan holda O‘zbekistondagi tuman va shaharlarning toifalariga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Yangilangan ro‘yxatga muvofiq 2020-yil 6-iyun holati ko‘ra, barcha hududlari “yashil” bo‘lgan Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida “qizil” hududlar paydo bo‘lgan. Xususan, Xorazm viloyatining Urganch shahri va Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanlari “qizil” toifaga kiritilgan.

Qolaversa, Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumani, Sirdaryo viloyatining Xovos tumani ham “qizil” hududlar qatoriga qo‘shilgan. Namangan viloyatida esa Kosonsoy, Pop, Yangiqo‘rg‘on tumanlari “qizil” hududlarga aylangan. Toshkent viloyatida esa “qizil” hududlar qatoriga Oqqo‘rg‘on va Chinoz tumanlari qo‘shilgan.

Butun Toshkent shahri “sariq” hudud bo‘lib qolmoqda. Andijon viloyatining barcha hududlari “yashil” toifaga o‘tkazilgan.

Toshkent shahri

“Sariq” hudud: Bektemir, Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Olmazor, Sergeli, Uchtepa, Yashnobod, Chilonzor, Shayxontohur, Yunusobod, Yakkasaroy tumanlari.

Bir necha soat ichida 121 kishida koronavirus aniqlandi: aksariyati poytaxtda

Toshkent viloyati

“Qizil” hudud: Oqqo‘rg‘on, Zangiota, Qibray, Parkent, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyo‘l, Toshkent tumanlari.

“Sariq” hudud: Angren, Bekobod, Chirchiq, Nurafshon, Yangiyo‘l shaharlari, Bekobod, Bo‘stonliq, Quyi Chirchiq, O‘rta Chirchiq tumanlari.

“Yashil” hudud: Olmaliq, Ohangaron shahalari, Ohangaron, Bo‘ka, Piskent tumanlari.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

“Qizil” hudud: Qo‘ng‘irot tumani.

“Yashil” hudud: Amudaryo, Beruniy, Qonliko‘l, Qorao‘zak, Kegeyli, Mo‘ynoq, Nukus, To‘rtko‘l, Xo‘jayli, Chimboy, Shumanay, Ellikqal’a, Taxiatosh, Taxtako‘pir, Bo‘zatov tumanlari, Nukus shahri.

Andijon viloyati

“Yashil” hudud: Xonobod, Andijon shaharlari, Bo‘z, Buloqboshi, Qo‘rg‘ontepa, Marhamat, Ulug‘nor, Xo‘jaobod, Jalaquduq, Shahrixon, Oltinko‘l, Paxtaobod, Asaka, Andijon, Baliqchi, Izboskan tumanlari.

Buxoro viloyati

“Qizil” hudud: G‘ijduvon va Shofirkon tumanlari.

“Sariq” hudud: Kogon tumani.

“Yashil” hudud: Kogon, Buxoro shaharlari, Buxoro, Vobkent, Kogon, Qorovulbozor, Peshku, Romitan, Jondor, Olot, Qorako‘l tumanlari.

Jizzax viloyati

“Yashil” hudud: Jizzax shahri, Arnasoy, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Do‘stlik, Zomin, Zarbdor, Zafarobod, Mirzacho‘l, Paxtakor, Forish, Yangiobod tumanlari.

Qashqadaryo viloyati

“Qizil” hudud: Chiroqchi tumani.

“Yashil” hudud: Qarshi, Shahrisabz shaharlari, Dehqonobod, Qamashi, Qarshi, Koson, Kasbi, Kitob, Mirishkor, Muborak, Nishon, Shahrisabz, G‘uzor, Yakkabog‘ tumanlari.

Navoiy viloyati

“Qizil” hudud: Zarafshon shahri, Xatirchi, Konimex tumani.

Navoiy va Toshkent viloyatida aholi orasida koronavirus aniqlandi

“Yashil” hudud: Karmana, Qiziltepa, Navbahor, Nurota, Tomdi, Uchquduq tumanlari, Navoiy shahri.

Namangan viloyati

“Qizil” hudud: Kosonsoy, Pop, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Yangiqo‘rg‘on tumanlari.

“Sariq” hudud: Namangan shahri.

“Yashil” hudud: Mingbuloq, Namangan, Norin, Chortoq, Chust, Uchqo‘rg‘on tumanlari.

Sirdaryo viloyati

“Qizil” hudud: Xovos tumani.

“Sariq” hudud: Sardoba tumani.

“Yashil” hudud: Shirin, Guliston, Yangiyer shaharlari. Boyovut, Guliston, Sayxunobod, Sirdaryo, Mirzaobod, Oqoltin tumanlari.

Samarqand viloyati

Yashnobod tumanida aholi orasida koronavirus aniqlandi

“Qizil” hudud: Payariq, Pastdarg‘am, Urgut tumanlari.

“Sariq” hudud: Samarqand shahri, Samarqand, Oqdaryo, Tayloq, Jomboy tumanlari.

“Yashil” hudud: Kattaqo‘rg‘on shahri, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Qo‘shrabot, Nurobod, Bulung‘ur, Paxtachi, Ishtixon tumanlari.

Surxondaryo viloyati

“Qizil” hudud: Sariosiyo tumani.

“Sariq” hudud: Termiz shahri.

“Yashil” hudud: Qiziriq, Muzrobod, Uzun, Bandixon, Termiz, Angor, Denov, Oltinsoy, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sherobod, Sho‘rchi tumanlari.

Farg‘ona viloyati

So‘nggi paytda nega koronavirus aholi orasida ko‘paymoqda

“Yashil” hudud: Farg‘ona, Qo‘qon, Quvasoy, Marg‘ilon shaharlari, Qo‘shtepa, Bog‘dod, Beshariq, So‘x, Buvayda, Dang‘ara, O‘zbekiston, Rishton, Uchko‘prik, Farg‘ona, Furqat, Toshloq, Yozyovon, Quva, Oltiariq tumanlari.

Xorazm viloyati

“Qizil” hudud: Urganch shahri.

“Yashil” hudud: Xiva shahri, Tuproqqal’a, Bog‘ot, Xonqa, Qo‘shko‘pir, Yangiariq, Xiva, Shovot, Yangibozor, Gurlan, Urganch, Hazorasp tumanlari.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 4404 nafarga yetgan. 3357 nafar bemor davolanib chiqqan.