Qibrayda devori qulashi oqibatida uch ishchi halok bo‘ldi

Toshkent viloyati Qibray tumanidagi temir-beton zavodi hududida devor qulab tushgan. Devorning balandligi 4 metr, uzunligi 95 metr bo‘lgani aytilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyun - Sputnik. Toshkent viloyatidagi zavodlardan birida devor qulashi oqibatida uch ishchi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti Bosh prokuratura xabariga tayangan holda xabar qilmoqda.

Angrenda 21 yoshli yigit o‘z tengdoshini pichoqlab qo‘ydi

Hodisa Qibray tumanidagi temir-beton zavodi hududida sodir bo‘lgan.

“Natijada devor qulashi paytida uning yaqinida ishlagan uch xodim voqea joyida halok bo‘ldi”, - deyiladi xabarda.

Hodisa yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining inson o‘limiga olib kelgan tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.