Rossiya dushman emas. AQSh sobiq davlat kotibi Trampning noto‘g‘ri yondashuviga ishora qildi

AQSh sobiq davlat kotibi Kolin Pauell Donald Trampning Rossiyani “Katta yettilik”ga taklif qilish g‘oyasiga munosabat bildirdi.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyun - Sputnik. AQSh sobiq davlat kotibi Kolin Pauell AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiyani “Katta yettilik”ga taklif qilish g‘oyasini sharhlab, u Moskvani Vashingtonning dushmani deb bilmasligini aytdi.

CNN telekanalida Pauelldan davlat rahbarining G7 sammitiga Rossiya delegatsiyasini chaqirish taklifiga qanday munosabatda ekanligini so‘rashdi.

Tramp G7 sammitini sentabrga ko‘chirdi va unga Rossiyani taklif qilish niyatida

“Men bunga shunday javob beraman: Rossiya bizning to‘rtta dushmanimiz ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa, nima uchun u (Tramp) bu qarorni yolg‘iz o‘zi qabul qilmoqda? Aslida, ular dushman emas. Ular bizning to‘rtta dushmanimizdan biri emaslar ... Aynan Pentagon to‘rtta dushmanimizni belgilagan vaziyat yuzaga keldi: Xitoy, Rossiya, Eron va KXDR. (bu mamlakatlardan) hech biri hozirning o‘zida bizga hujum qilmoqchi emas”, - dedi u.

Pauell 2001-yildan 2005-yilgacha kichik Jorj Bush prezidentligi davrida davlat kotibi bo‘lgan.

Avvalroq Tramp G7 sammitini sentabrgacha qoldirishi va unga to‘rt davlatni - Rossiya, Hindiston, Janubiy Koreya va Avstraliyani taklif qilmoqchiligini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “yettilik guruh” o‘z tarkibi bo‘yicha dunyoda sodir bo‘layotganlarni aniq aks ettirmayapti. Bu mamlakatlarning juda eskirgan guruhi”.