TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Tun davomida Toshkentda birdaniga 87 kishiga koronavirus tashxisi qo‘yildi.
“2020 yil 7-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4181 (+87) nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.
Yangi kasallanish holatlarining barchasi Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar orasida qayd etilgan.
Hozirda 3268 nafar kishi koronavirus kasalligidan davolanib chiqqan.
896 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 11 nafari og‘ir, 3 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.