Farg‘ona vodiysida halqa elektropoyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

Farg‘ona vodiysida halqa yo‘lovchi elektropoyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirilmoqda. Yo‘lning umumiy uzunligi 331 km va u vodiyning asosiy shaharlarini qamrab oladi.
Sputnik

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Farg‘ona vodiysi bo‘ylab halqa elektropoyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Xalqaro press-klubning Farg‘ona viloyatiga bag‘ishlangan sonida ma’lum qilindi.

Harakat “Qo‘qon-Marg‘ilon-Andijon” yo‘nalishi bo‘yicha ekspress elektropoyezdda va “Qo‘qon-Namangan-Andijon-Qo‘qon” yo‘nalishi bo‘yicha elektropoyezdda tashkillashtiriladi.

Farg‘ona vodiysida halqa elektropoyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda
Farg‘ona vodiysida halqa elektropoyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

Halqa yo‘lning umumiy uzunligi 331 kmni tashkil etadi. To‘xtab turish bekatlari ekspress elektropoyezdda – 5 ta, elektropoyezdda – 35 ta.

Ekspress elektropoyezdda yo‘lda sarflanadigan vaqt 5 soat 30 daqiqa, elektropoyezdda esa 7 soat 30 daqiqani tashkil etadi.

Yo‘lovchilarning yillik oqimi ekspress elektropoyezdda 214-429 ming, elektropoyezdda esa 429 mingdan 858 minggacha bo‘lishi kutilmoqda.

Yo‘l chiptasi narxi 5 ming so‘mdan 45 ming so‘mgacha bo‘lishi kutilmoqda.

Farg‘ona vodiysida halqa elektropoyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda
Farg‘ona vodiysida halqa elektropoyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

Poyezdlar konditsioner, Wi-Fi va USB quvvatlagich bilan jihozlanadi. Shuningdek, bufet, moto-velosiped uchun maxus joy, biohojatxona boshqa qulayliklar yaratiladi.