TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus holati 121 taga ko‘paydi.
“2020 yil 7-iyun soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4302 (+121) nafarni tashkil etmoqda”, - deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.
Yangi kasallanganlarning 13 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 98 nafar Toshkent shahrida, 2 nafari Sirdaryo viloyatida, 8 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasida qayd etilgan.
Ayni paytda mamlakatda 3330 nafar koronavirusga chalingan fuqarolar sog‘ayib ketgan. Hozirda 955 bemor davolanmoqda.