O‘zbekistonda koronavirus: 6-iyun asosiy xabarlari

Bugunning o‘zida 21 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 3 268 nafarga yetdi.
Sputnik

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Toshkentda koronavirusga chalingan bemor vafot etdi

Bir sutka davomida 57 kishida koronavirus aniqlandi, oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4 064 nafarni tashkil qilmoqda.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 21 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Jami sog‘ayganlar soni 3 268 nafar.

Ayni paytda 779 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

17-chi o‘lim

Toshkentda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi. 27-may kuni poytaxtlik fuqaro avtohalokatga uchrab, tez tibbiy yordam mashinasida bosh miya yopiq jarohati dastlabki tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelinadi.

O‘sha paytda unda tana harorati yuqoriligi va koronavirus alomatlari ko‘ringani sababli tahlil olinadi. Tekshiruv  natijasida 70 yoshli (erkak) bemorda “Covid-19” infeksiyasi  tasdiqlanadi. So‘ng u Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan.

Abituriyent-2020: test sinovlari qanday o‘tkaziladi?

U avvaldan bosh miya o‘smasi, yurak ishemik va gipertoniya kasalligi, gepatit, pnevmoniya, surunkali yurak, buyrak va jigar yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib kelgan. Reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor miya shishi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Yana bozorlardagi holatlar

“O‘rikzor”, Yunusobod va “Mediapark” bozori ishchilarida, Namangan IIB xodimi, Buxoroda yo‘l quruvchisida koronavirus aniqlandi.

Bugun Toshkent shahrida aholi orasida 3 nafar fuqaroda - Shayxontohur tumanidagi “Media Park” savdo majmuasining yana 2 nafar xodimida koronavirus aniqlangan.

Kecha, 5-iyun kuni qayd etilgan kasallanish holatlari esa 68 ta bo‘lib, ulardan 17 nafari - aholi orasidan aniqlangan.

Jumladan, Toshkent shahridagi Olmazor tumanida nafaqadagi fuqaroda, Uchtepa tumanidagi “O‘rikzor” savdo majmuasida yana bir do‘kon sotuvchisi va uning 5 nafar oila a’zosi (onasi, ikki nafar qizi, o‘g‘li va jiyani)da koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan.

Aynan “O‘rikzor” savdo majmuasida o‘tgan may oyi davomida yuk tashuvchi bo‘lib ishlagan, so‘ngra doimiy yashash manzili Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumaniga qaytgan fuqaro va uning 3 nafar oila a’zosi (2 nafar akasi va qizi)da  ham ushbu kasallik aniqlandi.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 4022taga yetdi

Toshkent viloyati infeksiya aniqlangan fuqarolarning 1 nafari - Oqqo‘rg‘on tumanidan bo‘lib, harorati ko‘tarilgan va namuna topshirgan. Yana bir holat esa Qibray tumanida yashovchi fuqaroda qayd etilgan. U Yunusobod bozorida ziravorlar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan.

“Mashtakovo”dan o‘tib olish

Samara viloyati chegarasida qolgan 367 nafar fuqaro O‘zbekistonga yuborildi. Fuqarolar Qozog‘iston bilan “Mashtakovo” nazoratdan o‘tish joyidan chegarani kesib o‘tib, O‘zbekistonga yo‘l oldi.

Qo‘shni respublika hududidan o‘zbekistonliklar avtobuslarda vatanga olib kelinadi.

Dunyo salomatligi

COVID-19 dunyoning deyarli barcha davlatiga yetib bordi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 6,8 milliondan oshdi, 398 ming kishi vafot etdi, 3,3 million kishi tuzaldi.