Merkel bilan kelishmovchilik tufayli Tramp Germaniyadagi harbiy kontingentni qisqartiradi

Harbiy xarajatlari borasida AQSh prezidenti Donald Tramp va Germaniya kansleri Angela Merkel bilan kelishmovchilik mavjud. Shuning uchun Tramp kuzgacha Germaniyadan 9,5 mingga yaqin qo‘shin olib chiqilishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Harbiy xarajatlari borasida AQSh prezidenti Donald Tramp va Germaniya kansleri Angela Merkel bilan kelishmovchilik mavjud. Shuning uchun Tramp kuzgacha Germaniyadan 9,5 mingga yaqin qo‘shin olib chiqilishi mumkin. Bu haqda Bloomberg xabar qildi.

“Virus qayda qoldi?”: Polshada AQSh qo‘shinlari ishtirokida harbiy mashq boshlandi

Amerika rahbari Germaniyada qo‘shinlar sonini qisqartirish masalasini ancha vaqtdan beri muhokama qilib keladi. Qo‘shinlar sonining qisqarishi Germaniya Federativ Respublikasida qariyb 25 ming harbiyni qoldirishi mumkin, hozir esa ularning soni qariyb 34,5 mingni tashkil etadi.

Reuters xabariga ko‘ra, Germaniyadan olib chiqilgan qo‘shinlarning bir qismi Polsha va boshqa ittifoqdosh davlatlar tomon yo‘naltiriladi, qolgan qismi esa AQShga qaytadi.