O‘zbekistonga 2020-yilda kim ko‘proq sarmoya kiritgani ma’lum bo‘ldi

2020 yilning yanvar - aprel oylarida O‘zbekistonga eng ko‘p investitsiya kiritgan davlatlar bu Rossiya, Xitoy, Germaniya va Janubiy Koreya bo‘lgan. Sarmoyalar asosan elektrotexnika, charm-poyabzal va kimyo sanoati sohalariga kiritilgan.
Sputnik

TOShKENT, 5-iyun - Sputnik. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga ko‘ra 2020-yilning anvar-aprel oylarida O‘zbekistonda umumiy hajmi 2,5 milliard dollarga teng xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

Xinjiang Hualing kompaniyasi O‘zbekistondagi yirik loyihalarga sarmoya kiritishi mumkin

O‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalarning 1,7 milliard dollari - to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va 831 million dollar- chet el kreditlari tashkil qilgan. Shuningdek 336 ta loyiha foydalanishga topshirildi: 8 ta yirik sanoat korxonasi va 328 ta mintaqaviy ahamiyatga ega sanoat obyektlari qurib bitkazildi.

Rossiya, Xitoy, Germaniya va Janubiy Koreyaning ishbilarmonlari O‘zbekiston iqtisodiyotiga eng ko‘p sarmoya kiritgan bo‘lib, investitsiya kiritgan davlatlarning umumiy soni 37 tani tashkil etdi.

Ular uchun elektrotexnika, charm-poyabzal va kimyo sanoati eng jozibali bo‘ldi. O‘sish ko‘rsatkichlari neft-gaz sanoati va qurilish materiallari ishlab chiqarishda kuzatildi.

Rossiya O‘zbekiston iqtisodiyotiga qancha sarmoya kiritdi

Shu bilan birga, mintaqaviy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi ortdi. Ularning umumiy qiymati 2020-yilning uch oyida 958 million dollarni tashkil etdi, bu 2019-yilning shu davriga nisbatan 2,6 baravar  ko‘p. O‘sish dinamikasi Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida kuzatilmoqda.

Prezident qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya dasturiga muvofiq, 2020-yilda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalarni o‘zlashtirish 233,2 trillion so‘m miqdorida prognoz qilinmoqda, shundan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar - 7,1 mlrd. AQSh dollari, chet el investitsiyalari va davlat kafolati ostidagi kreditlar - $ 2,7 milliard

Joriy yilda 2 mingdan ortiq ijtimoiy, infratuzilma va ishlab chiqarish obyektlari foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilmoqda.