"Yashil" hududlardagi masjidlarda namoz o‘qish bo‘yicha talablar belgilandi

Predsedatel Sentralizovannoy religioznoy organizatsii Duxovnogo upravleniya musulman Zabaykalskogo kraya, muftiy Almaz Salaxov vo vremya pramoy translyatsii prazdnichnoy molitvi v rejime onlayn v Chitinskoy sobornoy mecheti
Masjidda qo‘l berib yoki quchoqlashib salomlashish taqiqlangan, rasman ruxsat berilgunga qadar juma namozlari tashkil etilmaydi.
Sputnik

TOShKENT, 5-iyun - Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi karantin davrida masjidlar faoliyatini tashkil etish yuzasidan bayonot e’lon qildi.

molitvenniy zal mecheti Sheyxa Muxammada Sadika Muxammada Yusufa
Masjidlar ochilishi sanasiga aniqlik kiritildi

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tuman-shahar kesimida “yashil” hudud sifatida toifaga ajratilgan mintaqalardagi masjidlarda 2020-yil 8-iyun, dushanba kuni bomdod namozidan boshlab, kunlik besh vaqt farz namozlari ijtimoiy masofalanishni saqlagan holda (1,5-2 metr) ado etiladi.

Masjidlarda ibodatlarni tashkil etish bo‘yicha quyidagi talablar belgilandi:

masjidning kirish joyini dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash, birlamchi dezinfeksiyalash vositalari bilan ta’minlash;

har bir namozxon tibbiy niqobda bo‘lishi, masjidga kirishda qo‘llarini dezinfeksiyalash vositasidan foydalanishi;

masjidga tashrif buyurgan har bir shaxsning kasallik alomatlarini tekshirish, tana harorati 37ºS va undan yuqori bo‘lgan holatda fuqarolarni alohidalash va 103 telefon raqami orqali tez tibbiy yordamga xabar berish;

tahoratxonadan faqat zarur sharoitlar yaratilgan (bir martalik sochiq-salfetka, antiseptik vositalar, suyuq sovinlar bilan ta’minlash, qisqa muddatlarda dezinfeksiya qilish), ijtimoiy masofalanish saqlangan hollarda foydalanish;

Prazdnovanie Uraza-bayrama v Moskve
Moskva masjidlarida Hayit namozi jamoat bo‘lib o‘qilmaydi

masjidda qo‘l berib yoki quchoqlashib salomlashish taqiqlanishi;

masjid binolari va hududini har kuni dezinfeksiya qilish, xonalarni shamollatish;

masjid hududida har qanday ko‘rinishdagi savdo-sotiqni tashkil etmaslik, hadya va sovg‘alar tarqatmaslik;

rasman ruxsat berilgunga qadar juma namozlari tashkil etilmaydi;

masjid xodimlari va ko‘ngilli namozxonlardan yordamchi guruhlar tuzilib, ular tomonidan masjid hududida karantin talablariga rioya etilishini nazorat qilish;

masjidlar faoliyati joylardagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari talablariga muvofiq tashkil etilishini ta’minlash kabi tavsiyalar joriy etiladi.