So‘x tumani hokimi o‘zgardi

Sayidbahrom Sayidmusayev So‘x tumani hokimi etib tayinlandi. U 2019-yildan buyon tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Bugun Farg‘ona viloyati So‘x tumanida navbatdan tashqari sessiya bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.

So‘x aholisi Abdulla Aripovdan nimalarni so‘radi ?

“2019 yildan buyon tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Sayidbahrom Sayidmusayev So‘x tumani hokimi etib tayinlandi”, - deyiladi O‘zA xabarida.

U 1970-yilda Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona davlat universiteti, IIV akademiyasini tamomlagan. Quva, Beshariq tuman hamda Qo‘qon shahar IIB boshlig‘i hamda viloyat IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.