Rossiya SSV COVID-19ni davolash uchun dorilar ro‘yxatini kengaytirdi

Rossiyada katta yoshdagi koronavirus bemorlarini davolash uchun dorilar ro‘yxatini kengaytirildi. Yangi versiyada barcha bo‘limlar qayta ishlangan va kengaytirilgan. Xususan, davolashning yangi usuli taqdim etilgan.
Sputnik

TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi katta yoshdagi koronavirus bemorlarni davolash uchun dorilar ro‘yxatini kengaytirdi.

Rossiyadagi birinchi koronavirusga qarshi dori ma’qullandi

Ro‘yxatda IFN-β1b rekombinanti, IFN-α rekombinanti va Umifenovir bilan birgalikda qo‘llash kerak bo‘lgan Favipiravir, Gidroksizloroxin, Mefloxin, Azitromitsin, Lopinavir va Ritonavir kabi dorilar ko‘rsatilgan.

Tasdiqlangan kasallikni davolashning yettinchi metodik tavsiyalar versiyasi Rossiya va xorij klinik tajribasi asosida ishlab chiqilgan.

Yangi versiyada barcha bo‘limlar qayta ishlangan va kengaytirilgan. Xususan, davolashning yangi usuli taqdim etilgan.

Shuningdek, vazirlik tibbiyot muassasalariga kelayotgan barcha bemorlardan antitanacha va COVID-19ga test olishni tavsiya qilgan.

Rossiyada aniqlangan koronavirus holati 432 mingdan oshgan. Shulardan 195 mingdan ziyodi tuzalib ketgan. 5 215 ta o‘lim holati qayd etilgan.