Mart oyidan beri birinchi marta Brent neftining jahon narxi 40 dollardan oshdi

Mart oyida neft narxlarining pasayishi OPEK+ mamlakatlari na neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuv parametrlarini o‘zgartirish to‘g‘risida, na uni uzaytirish bo‘yicha kelisha olmaganidan keyin boshlandi.
Sputnik

TOShKENT, 3-iyun - Sputnik. Brent markali neftning bir barreli narxi 6-martdan beri birinchi marta 40 dollardan oshdi. O‘shanda (6 martda-tahr.) OPEK+ ishtirokchilari ishlab chiqarishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvni uzaytira olmaganlari ma’lum bo‘lgan edi.

Iqtisodchi nima sababdan neft va gaz narxlari ko‘tarilganini tushuntirdi

RIA Novostining Moskva vaqti bilan soat 03:44dagi savdolar ma’lumotlariga asoslanib yozishicha, Londonning ICE birjasida Shimoliy dengiz Brent neftining fuchers narxi 1,14 foizga o‘sgan va bir barrel uchun 40,08 dollarni tashkil etgan. Shu bilan birga, WTI neftining iyul fucherslari 1,96 foizgacha, bir barrel uchun 37,53 dollargacha ko‘tarilgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida OPEK+ mamlakatlari neft qazib olishni 2020-yil may-iyun oylarida kuniga 9,7 million barrelga, yilning ikkinchi yarmida 7,7 millionga va 2022-yil aprel oxirigacha 5,8 millionga qisqartirishga kelishib olishdi.