Poraxo‘rlik va mol-mulkni musodara qilish - ekspert fikri

Bosh prokuratura Akademiyasining Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi rahbari Bahodir Ismoilovning fikriga ko‘ra, qonunchilikni takomillashtirish va uni xalqaro standartlarga moslashtirish zarur, ammo muammoni birdaniga hal qilish imkonsiz va samarasiz.
Sputnik

Korrupsiyaga qarshi yanada samarali kurashish uchun bir necha bor pora oluvchilarning mulkini musodara qilish chorasini Jinoyat kodeksiga qaytarish g‘oyasi ilgari surilgan.

Ismoilov: bugungi kunda korrupsiyani yashirish deyarli imkonsiz bo‘lib qoldi

Bosh prokuroratura vakilining so‘zlariga ko‘ra, xorijiy tajriba va xalqaro konvensiyalar ham shunga o‘xshash choralarni ko‘rishni talab qiladi, ammo uning amalga oshirilishi ma’lum xavflar bilan bog‘liq.

"O‘zbekistonda 2001-yilgacha bunday meyor bor edi, ammo keyin xususiy va o‘rta biznesni mulkini noqonuniy tortib olinishidan himoya qilish uchun undan voz kechishga qaror qilindi. Unda musodara qilishning afzalliklaridan ko‘ra ko‘proq xavf-xatarlarga duch kelishini ko‘rishdi. Endi esa bu masalaga muntazam ravishda qaytishmoqda, ammo bunda ko‘plab ziddiyatlar bor. Masalan, noqonuniy ravishda sotib olingan mol-mulk deb nimaga qaralishi mumkin? Topilgan mulklar jinoiy yo‘l bilan topilganidan bexabar qarindoshlari bu mulklarning musodara qilinishi oqibatida aziyat chekib nima bo‘lishadi", - deya tushuntiradi Ismoilov.

Bundan tashqari, uning qo‘shimcha kilishicha, o‘ziga xos bir boshlang‘ich nuqta bo‘lishi kerak - qonun teskari talqinga ega bo‘lmasligi uchun qaysi muddatdan hisob-kitobni amalga oshirib, daromad va harajatlar deklaratsiyasini joriy qilish kerak.

Noqonuniy sotib olingan xorijiy aktivlarni qaytarish amaliyotiga kelsak, unda o‘z mexanizmi mavjud.

"Hozirda davlatlar o‘rtasida huquqiy ko‘mak ancha rivojlangan, har bir holat alohida ko‘rib chiqilmoqda. Masalan, agar huquqni muhofaza qilish idoralari chet elda mulkni noqonuniy sotib olinishi holatini isbotlay olsa va sud tegishli hukm chiqargan bo‘lsa, u holda so‘rovga asosan xorijiy davlat bu aktivlarni, asosan pul shaklida qaytarishi mumkin", - deya ta’kidlaydi mutaxassis.

Huquqni qo‘llash amaliyoti va mulkni musodara qilish kabi choralar haqida batafsil izoh Sputnik O‘zbekiston radio podkastida tinglang.

Poraxo‘rlik va mol-mulkni musodara qilish - ekspert fikri