Zangiotada 21 yoshli yigit raqibini belkurak bilan urib o‘ldirib qo‘ydi

Ikki fuqaro o‘zaro og‘zaki kelishmovchilik oqibatida janjallashib qolgan. Shunda ulardan biri ikkinchisi belkurak bilan urgan.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Toshkent viloyatida ikki kishining janjali o‘lim bilan yakunlandi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hodisa 30-may kuni Zangiota tumani Bo‘zsuv qo‘rg‘oni Madaniyat ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Mashinani o‘zboshimchalik haydagan o‘smir 6 yoshli bolaning umriga zomin bo‘ldi

38 yoshli X.B. 21 yoshli B.N. bilan o‘zaro og‘zaki kelishmovchilik oqibatida janjallashib qolgan. Keyin B.N. uyidagi belkurak bilan X.B. tanasining yuz va oyoq qismiga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada X.B. olgan tan jarohatlari bilan tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga olib borilgan, shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajaga qaramay vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (Odam o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi ochilgan.

B.N. ushlangan va hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.