Tojik-qirg‘iz chegarasida otishma yuz berdi: bir kishi yaralandi

Tojikiston hududidan noma’lum shaxs ov miltig‘idan Qirg‘iziston fuqarosiga qarata o‘q uzgan. Mojaro nima sababdan boshlangani – noma’lum.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Kuni kecha tojik-qirg‘iz chegarasida otishma yuz berdi, bu haqda 24.kg  Qirg‘iziston chegara xizmatiga asosan xabar qildi.

Tojik-qirg‘iz chegarasida yana otishma: Tojikiston fuqarosi yarador bo‘ldi

Tojikiston hududidan noma’lum shaxs ov miltig‘idan Qirg‘iziston fuqarosiga qarata o‘q uzgan. Bu holat Batken viloyati Eki-Tosh qishlog‘ida yuz berdi.

O‘sh-Isfana yo‘lida harakatlanayotgan mashinaga ov miltig‘idan bir necha marta o‘q uzildi. Buning oqibatida 38 yoshli erkak yaralandi va Samarkandek qishlog‘idagi shifoxonaga olib kelindi.

Ikki davlat politsiya vakillari uchrashuv o‘tkazdi. Hozirgi vaqtda muzokara olib borilmoqda. Chegarada vaziyat barqaror.