Arktikani o‘rganish uchun uchta yo‘ldosh 2021-yildan ishlab chiqariladi

"Arktika-M" ikkita kosmik kemasi orbitaga chiqarilgandan so‘ng doimiy ravishda atmosfera va Yerning qutblaridagi holati to‘g‘risida tezkor ma’lumotlarni uzluksiz olish imkoni paydo bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyun - Sputnik. Lavochkin nomidagi Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi 2021-yilda shartnomani imzolab,  Arktika mintaqasini masofadan turib tekshirish uchun uchta "Arktika-M" kosmik kemani ishlab chiqarishni rejalashtirmoqchi. Bu haqda RIA Novostiga Lavochkin nomidagi IIChB bosh direktori Vladimir Kolmikov ma’lum qildi.

Avvalroq Kolmikov birinchi "Arktika-M" meteorologik kosmik kemasini yil oxirida uchirish rejalashtirilganligi, ikkinchi kosmik kema 2023-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan kosmik kema ishlab chiqarilishi davom etayotgangini haqida ma’lum qilgan edi.

Olimlar Arktika ustida ozon qatlami keskin buzilishi haqida ogohlantirishdi

"Yana uchta apparat ishlab chiqarishga doir shartnomani 2021-yilda imzolash rejalashtirilmoqda. Ayni paytda ishlab chiqarish tannarxining texnik-iqtisodiy asoslash ustida ish olib borilmoqda", - dedi u.

Jihozlar to‘plami jihatidan "Arktika-M" "Elektro-L" turkumidagi geostatsionar meteorologik apparatlarga o‘xshash bo‘ladi. Sun’iy yo‘ldosh yuqori elliptik orbitada joylashtiriladi, bu unga Rossiyaning "Elektro-L" sun’iy yo‘ldoshlaridan sustroq ko‘rinadigan Yerning qutb mintaqalari holati to‘g‘risida meteorologik va gidrologik ma’lumotlarni to‘plash imkonini beradi.

"Arktika-M" ikkita kosmik kemasi orbitaga chiqarilgandan so‘ng Gidrometeorologiya markazi doimiy ravishda atmosfera va Yerning qutblaridagi holati to‘g‘risida tezkor ma’lumotlarni uzluksiz olishga qodir bo‘ladi.

Bu qisqa muddatli ob-havo prognozlarini tayyorlashda modellarning aniqligini yaxshilaydi va olimlarga global iqlim o‘zgarishi fenomenini o‘rganish uchun ko‘p yangi ma’lumotlarni taqdim etadi.