O‘zbekistonda mamlakatning JSTga a’zo bo‘lishi uchun maxsus komissiya tuzildi

Nizom bilan Idoralararo komissiyaning vazifalari va funksiyalari, tarkibi, faoliyatini tashkil etish va ishlash tartibi belgilangan.
Sputnik

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Vazirlar mahkamasi “Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni qabul qildi, deya yozadi Norma.uz.

Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiya O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiruvchi va yo‘nalishlarni belgilaydigan kollegial organ hisoblanadi. Nizom bilan Idoralararo komissiyaning vazifalari va funksiyalari, tarkibi, faoliyatini tashkil etish va ishlash tartibi belgilangan.

YeOIImi yoki JST - so‘rov natijasi

Idoralararo komissiya o‘z faoliyatini yig‘ilishlar shaklida amalga oshiradi, ular bir yilda kamida ikki marta o‘tkaziladi.

Idoralararo komissiya yig‘ilishlariga materiallarni tayyorlash uning kotibiyati – Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining JST bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Ko‘riladigan masalalar bo‘yicha qarorlar komissiya a’zolari tomonidan ochiq ovoz berish orqali ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Idoralararo komissiya Vazirlar mahkamasiga o‘tkazilgan yig‘ilish yakunlari bo‘yicha hisobot kiritadi.