TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi mojaroda 25 kishi jarohatlandi, deb xabar qildi Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi.
“Aydarken shahrida umumiy tibbiy amaliyot markaziga 25 kishi olib kelindi. Ayni vaqtda turli darajada jarohat olgan 4 nafar kishi statsionarga yotqizildi. Ikki kishi jonlantirish bo‘limida, jarrohlik amaliyotidan so‘ng shifokorlar tomonidan ularning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Ikki kishi jarrohlik bo‘limiga yotqizildi - ahvoli o‘rta og‘ir. Barcha fuqarolar zarur tibbiy muolaja olmoqda”, - deyilgan xabarda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qolgan 21 kishiga shoshilinch yordam ko‘rsatilgandan so‘ng ambulator davolanishga jo‘natildi.
Jarohatlanganlar barcha dori-darmonlar bilan ta’minlandi.
Voqea joyida ikki shoshilinch tibbiy yordam brigada navbatchilik qilmoqda. Batken viloyati shifoxonadan reanimatolog va travmatolog hamkasblarga yordam berish uchun keldi.
Eslatib o‘tamiz, 31-may kuni O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida joylashgan Chashma bulog‘i oldida ikki mamlakat fuqarolari o‘rtasida mojaro yuz berdi.
Janjalga Chashma bulog‘i suvi ikki qishloq aholisi tomonidan birgalikda tozalanishi sabab bo‘lgan. Tomonlar buloq qaysi davlatga tegishligi borasida tortishib qolishgani aytilmoqda.