Rossiyadagi birinchi koronavirusga qarshi dori ma’qullandi

Ta’kidlanishicha “Avifavir”ning oraliq klinik tadqiqotlari ma’lumotlari dori COVID-19 bemorlarini davolash uchun yuqori samardorligini tasdiqlagan.
Sputnik

TOShKENT, 31-may — Sputnik. Rossiyadagi birinchi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi dori “Avifavir” mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ma’qullandi.

Rossiyada COVID-19ga qarshi samarali dori paydo bo‘ldi

Ta’kidlanishicha “Avifavir”ning oraliq klinik tadqiqotlari ma’lumotlari dori COVID-19 bemorlarini davolash uchun yuqori samardorligini tasdiqlagan. Hozirda uning yakuniy klinik tadqiqotlari 330 nafar bemor ishtirokida davom ettirilmoqda.

“Avifavir” nafaqat Rossiyada koronavirusga qarshi birinchi ro‘yxatga olingan virusga qarshi dori, balki, ehtimol, dunyoda COVID-19ga eng katta istiqbolga ega dori hamdir. U Rossiyada rekord muhlatda klinik tadqiqotlar davomida ishlab chiqarilgan va sinovdan o‘tkazilgan. Bu unga dunyoda “Favipiravira” negizida birinchi ro‘yxatdan o‘tgan dori bo‘lishiga imkon berdi”, - deydi RFPP rahbari Kirill Dmitriyev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada COVID-19ga qarshi samarali dori  “Avifavir” paydo bo‘lgani xabar qilingan edi.