Navbatdagi insonparvarlik yordami: O‘zbekiston Tojikistonga ming tonna un jo‘natdi

Ma’lum bo‘lishicha, bu galgi yordam yuki oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon, jumladan, 1 000 tonna undan iborat.
Sputnik

TOShKENT, 31-may — Sputnik. O‘zbekiston Tojikistonga yangi turdagi koronavirusga qarshi kurashish uchun navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi.

O‘zbekiston Tojikistonga 24 tonna dori-darmon yubordi

O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasi matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, insonparvarlik yordami Surxondaryo viloyatidan temir yo‘l orqali Dushanbega olib kelingan.

Bu safar O‘zbekiston Tojikistonga tibbiyot vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, jumladan, 1 000 tonna un jo‘natgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Tojikistonga 24 tonna dori-darmon yuborgani xabar qilingan edi.