AQSh BSST bilan munosabatlarni uzmoqda, Rossiya va YeI bunga qarshi chiqdi

Amerika hukumatining ishonch bilan aytishicha, BSST 2019-yilning oxirida 2sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda holat yuzaga kelganligidan" xabardor bo‘lgan, ammo Tayvandan olingan ma’lumotni o‘z vaqtida ommaga e’lon qilmagan.
Sputnik

TOShKENT, 30-may - Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z mamlakati Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan munosabatlarni uzayotgani haqida e’lon qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Xitoy koronavirus Uxan bozoridan tarqalgan, degan versiyani rad etmoqda

Tramp o‘z qarorini BSST Vashington tomonidan talab qilingan islohotlarni o‘tkazishdan voz kechgani bilan izohlagan. Endi Qo‘shma Shtatlar tashkilot uchun mo‘ljallangan mablag‘larni butun dunyo bo‘yicha sog‘liqni saqlash sohasida zarur bo‘lgan shoshilinch ehtiyojlarga yo‘llaydi.

Ilgariroq Tramp BSST direktori Tedros Adxanom Gebreyesusga maktub yo‘llagan va unda agar tashkilot bir oy davomida islohotlarni o‘tkazmasa, moliyalashtirishni to‘xtatishi va a’zolikni qayta ko‘rib chiqishini aytib, tahdid qilgan edi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika prezidenti ma’muriyati BSSTning koronavirus pandemiyasiga nisbatan nomuvofiq munosabatini aniqlagan.

Xatda yozilishicha, tashkilot go‘yoki o‘tgan yilning dekabr oyi boshida Uxanda infeksiya tarqalishiga oid xabarlarni inkor etgan va mustaqil o‘rganishlarni o‘tkazmagan. Amerika hukumatining ishonch bilan aytishicha, BSST 2019-yilning oxirida "sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda holat yuzaga kelganidan" xabardor bo‘lgan, ammo Tayvandan olingan ma’lumotni o‘z vaqtida ommaga e’lon qilmagan.

MDH hukumat rahbarlari koronavirusga qarshi kurash masalalarini muhokama qiladi

Tramp so‘zlariga ko‘ra, tashkilot Xitoyga xalqaro ekspertlar yuborilishida qattiq turmagan va Pekinning mamlakat ichida harakatni ta’qiqlash qarorini ma’qullagan, ammo shu bilan bir vaqtning o‘zida AQSh chegarasini yopish yoki XXRdan kelayotganlar uchun ta’qiq qo‘yish singari choralarga qarshi bo‘lgan.

BSST bosh direktori Amerika hukumati tomonidan ilgari surilgan ultimatumga izoh berishdan bosh tortgan.

Rossiyada AQSh pozitsiyasi keskin tanqidga olindi. RF TIV rahbari Sergey Lavrov Moskva xalqaro tashkilot nomi bu tarzda bulg‘anayotganidan tashvishdaligini bayon etdi. Lavrov "har qanday tashkilot o‘z faoliyatini yaxshilashi kerak, ammo bu ish konstruktiv muloqot orqali amalga oshirilishi lozim", degan fikrda. Idora vakili Mariya Zaxarova ham Vashingtonning, ayniqsa, hozirgi koronavirusga qarshi kurashish shart-sharoitida BSSTni siyosiy hisob-kitoblar maydoniga aylantirishga qaratilgan urinishlarini noo‘rin, deya baholadi.

Qo‘shma Shtatlarning ushbu pozitsiyasini Yevropa ittifoqi ham qo‘llab-quvvatlamadi. YeIga a’zo mamlakatlar barchani yuzaga kelgan murakkab vaziyatda BSST atrofida jipslashishga chaqirmoqda.

Xitoy TIV Tramp maktubiga izoh berar ekan, Amerika hukumati shu yo‘l bilan COVID-19 profilaktikasiga qarshi olib borgan samarasiz choralari uchun aybni o‘z bo‘ynidan sokit qilishga urinayotganini ta’kidladi.