Qoraqalpog‘istonda bemor ayol ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochib ketdi

Milliy gvardiya xodimlari ko‘p yillardan buyon davolanib kelayotgan ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochib ketgan ayolni muassasaga qaytarishda ko‘maklashdi.
Sputnik

TOShKENT, 28-may — Sputnik. Qoraqalpog‘istonda Milliy gvardiya xodimlari ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochgan ayolni muassasaga qaytarishdi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ruhiy kasalxonadan chiqqan bloger Olloshukurova O‘zbekistonni tark etdi

Ma’lum qilinishicha, 27-may kuni taxminan tongi soat 04:10 da Aqmang‘it blok postida xizmat vazifasini o‘tayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari A.R. va  F.X. maqsadsiz yurgan ayolni to‘xtatishgan. Undan nima sababdan bemahalda yurganini so‘rashadi. Shunda ayolning o‘zini tutishidan ruhan sog‘lomligi shubha tug‘diradi. So‘ngra zudlik bilan profilaktika inspektori chaqirilib, vaziyatga oydinlik kiritiladi.

U 1982-yilda tug‘ilgan U. A. ekani aniqlanadi. Ayol ko‘p yillardan beri davolanib kelayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochib ketgan. Hozirda bemor kasalxonaga olib borib joylashtirilgan.