Farg‘ona viloyatida bir guruh “Hizb ut-Tahrir”* a’zolari ushlandi

Ularning yashash manzillarida ekstremistik mazmundagi adabiyotlar mavjudligi aniqlangan va ular belgilangan tartibda musodara qilingan.
Sputnik

TOShKENT, 28-may — Sputnik. 2020-yilning may oyida Farg‘ona viloyatida istiqomat qiluvchi O‘zbekistonda faoliyati taqiqlangan “Hizb ut- Tahrir”* terrorchilik tashkilotini bir guruh a’zolarining jinoiy faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda IIV xabar qilmoqda.

Poytaxt va Toshkent viloyatida xalqaro terroristik tashkilotining 21 nafar a’zosi ushlandi

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ular muqaddam ushbu tashkilotiga a’zo bo‘lganliklari uchun jazo muddatini o‘tab chiqishgan. Ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy ko‘makka qaramasdan hamfikrlari bilan jinoiy til biriktirib, aholi orasida “Hizb ut-Tahrir”* g‘oyalarini va adabiyotlarini tarqatish, muqaddam jazo muddatini o‘tab chiqqan “tahrirchilar”ni jinoyatga jalb qilish orqali tashkilot safini kengaytirishga qaratilgan xatti-harakatlarni sodir etishgan.

Hibsga olingan shaxslarning yashash manzillarida ekstremistik mazmundagi adabiyotlar mavjudligi aniqlangan va ular protsessual tartibda xolislar ishtirokida rasmiylashtirilib olib qo‘yilgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ularning Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan jinoiy aloqalarini aniqlash va tergov harakatlariga jalb qilishga qaratilgan surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

* Qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti