Uzbekistan Airways ikkita vertolotini sotuvga qo‘ydi

Uzbekistan Airways ikkita vertolotini 2,5 million dollarga sotuvga qo‘ydi. Ular 1991 va 1992-yillarda ishlab chiqarilgan.
Sputnik

TOShKENT, 27-may — Sputnik. Uzbekistan Airways AJ ishlatishdan chiqarilgan aviatsiya texnikasini sotuvga qo‘ydi. Bu samolyot parkini yanada unifikatsiya va modernizatsiya qilish loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar qilmoqda.

Uzbekistan Airways 4 ta Boeing samolyotini sotuvga qo‘ydi

Sotuvga qo‘yilgan texnikalar orasida 1991-yilda ishlab chiqarilgan MI-8MTV-1 (narxi 1 224 904 dollar) va 1992-yilda ishlab chiqarilgan xuddi modeldagi (narxi 1 274 265 dollar) vertolotlar bor  

Shuningdek, sotuvga aviatsiya dvigatellari qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, prezident huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Uzbekistan Airways kompaniyasini nufuzli xorijiy kompaniya boshqaruviga berish masalasi ko‘rib chiqilgan edi.