Toshkent viloyatining qator shahar va tumanlari “qizil” hududga o‘tkazildi

Toshkent viloyati hokimligi epidemiologik jihatdan “qizil” hududiga o‘tkazilgan shahar va tumanlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Sputnik

TOShKENT, 27-may — Sputnik. 26-may kunidan boshlab Toshkent viloyatining ayrim shahar va tumanlari epidemiologik jihatdan “qizil” hududga o‘tkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Mirziyoyev karantin choralarini kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berdi

Xususan, “qizil” hududga Bekobod va Nurashfon shaharlari hamda Qibray, Toshkent va Yuqori Chirchiq tumanlari o‘tkazilgan.  (Yangiyo‘l shahri, Oqqo‘rg‘on, Zangiota, Parkent, Yangiyo‘l tumanlari ham “qizil” hududdaligicha qolmoqda.

“Sariq” hududlarga Angren, Chirchiq shaharlari, Bekobod, Quyi Chirchiq, Chinoz, O‘rta Chirchiq tumanlari kiradi.

Olmaliq, Ohangaron shaharlari, Ohangaron, Bo‘ka, Bo‘stonliq, Piskent tumanlari “yashil” hududlar qatorida.