Smartfonni qachon va qanday to‘g‘ri quvvatlash lozim – mutaxassis tavsiyasi

Rossiyalik mutxassis zaruriyat bo‘lmasa tunda smartfonni quvvatlashga qo‘ymaslikni tavsiya qildi. Chunki buning salbiy tomonlari bor.
Sputnik

TOShKENT, 27-may - Sputnik. Moliya boshqaruvi oliy maktabining tahlil va IT- tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Mixail Kogan zaruriyat bo‘lmasa tunda smartfonni quvvatlashga qo‘ymaslikni tavsiya qildi. Zero bu gadjetning ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. U haqda “Praym” agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, batareya darajasi 20-30% dan pastga tushmasligi kerak va smartfonning to‘liq quvvatsizlanishiga umuman yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Smartfon orqali kuzatuvdan himoyalanish usullari aytildi

Qolaversa, Koganning so‘zlariga ko‘ra, tez-tez telefonni to‘laligicha quvvatlashning hojati yo‘q, chunki batareya tezda eskirishi mumkin.

Battery University agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, quvvatlanish darajasini 30-80%da ushlab turish kerak, bu batareyaning to‘liq quvvatlanish – quvvatsizlanish sikllarining kamida ikki baravarga oshishiga imkon beradi. Maxsus ilovalar buni boshqarishga yordam beradi. Ular batareyani quvvatlashni avtomatik ravishda to‘xtatishga qodir.

Shunga qaramay, ilovalardan foydalanganda, ayniqsa, yangi rusumdagi gadjetlarning tez quvvatlanishi hisobga olinsa, batareyaga yuklanish darajasi saqlanib qoladi.

Shu bois Kogan telefonni yotishdan oldin yoki uyg‘ongandan keyin quvvatlab olishni tavsiya qiladi. Shuningdek, bu haqda o‘zingizga maxsus eslatuvchilarni o‘rnatish maqsadga muvofiq bo‘ladi.