Shifokor karantin vaqtda semirib ketishning asosiy sababini ma’lum qildi

Parhezshunos-shifokor Aleksey Kovalkov karantin vaqtda semirib ketishning asosiy sababini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 27-may — Sputnik. Parhezshunos-shifokor Aleksey Kovalkov so‘zlariga ko‘ra, stress o‘z-o‘zini yakkalash sharoitida ortiqcha vazn to‘plashning asosiy sababi hisoblanadi. RIA Novosti xabariga asosan.

O‘rik foydasi va zarari haqida – parhezshunos maslahati

“Ko‘p odamlar yashaydigan yopiq joyni (uy) "qamoqxona" bilan taqqoslash mumkin. Odatiy hayotda odamlar kechqurun uyga kelib, tez ovqatlanib, uyquga yotishga o‘rganib qolganlar. Doimiy ravishda muloqot qilish stressni keltirib chiqaradi, stress – bu kortizol gormoni. U juda tez vazn to‘plashga yordam beradi”, - dedi shifokor.

Uning so‘zlariga ko‘ra, odamda normal holatda kuniga 150 gramm yog‘ to‘qimasi hosil bo‘lishi mumkin, stressli vaziyatda esa bu ko‘rsatkich 250-300 grammga yetadi.

“Ortiqcha vazn to‘planishini oldini olish uchun kunlik ratsiondan shakar, guruch, kartoshka, oq non, sharbat va asalni chiqarib tashlash kerak”, - deb qo‘shimcha qildi mutaxassis.