O‘zbekistonda koronavirus: 27-may asosiy xabarlari

Bugunning o‘zida 32 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 2 668 nafarga yetdi.
Sputnik

TOShKENT, 27-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikada koronavirus bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy xabarlarni to‘pladi.

Rossiyada o‘zbekistonlik talabalar COVID-19 holatini yashirganlik uchun haydalishi mumkin

Bir sutka davomida 74 kishida koronavirus aniqlandi, oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3 355  nafarni tashkil qilmoqda.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 32 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Jami sog‘ayganlar soni  2 668 nafar.

Ayni paytda 659 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ahvoli og‘ir — 4 nafar.

14-chi o‘lim

Camarqandlik 63 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi.

Paxtachi tumanida yashovchi bemor 19-may kuni viloyat og‘ir ahvolda  yotqizilgan. Tahlillar natijasida unda Covid-19 infeksiyasi tasdiqlangan.

Bemor 3-yildan buyon I-guruh nogironi bo‘lib, surunkali buyrak yetishmovchiligi va anemiya og‘ir darajasi tashxisi bilan dispanser nazoratida turgan. 2017-yildan buyon doimiy gemodializ muolajasini olib kelgan.

Koronavirusni jilovlagan O‘zbekiston: o‘zbek shifokorlari Tojikistonga qanday yordam berdi

25 may kuni bemorning ahvoli yomonlashgan, burundan va ichki qon ketish belgilari paydo bo‘lgan va reanimatsiya bo‘limiga olingan.

Ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor o‘tkir nafas va yurak  qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

“Qizil” hudud

Toshkent viloyatining Bekobod va Nurashfon shaharlari hamda Qibray, Toshkent va Yuqori Chirchiq tumanlari epidemiologik jihatdan “qizil” hududga o‘tkazildi.

“Sariq” hududlarga Angren, Chirchiq shaharlari, Bekobod, Quyi Chirchiq, Chinoz, O‘rta Chirchiq tumanlari kiradi.

Olmaliq, Ohangaron shaharlari, Ohangaron, Bo‘ka, Bo‘stonliq, Piskent tumanlari “yashil” hududlar qatorida.

Yana bir koronavirusdan xoli hudud 

Xorazm — koronavirusdan xoli hududga aylandi. Xorazmda tuzalgan 3 nafar fuqaro bilan viloyatda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan jami 233 nafar bemorning barchasi sog‘aydi.

Uyga qaytganlar

Birlashgan arab amirligidan 1,28 ming kishi uyga qaytdi. Vatanga keksa, kasal, homilador fuqarolar va bolali ayollar birinchi galda qaytarildi.

COVID-19 bilan kurashayotgan shifokorlarga qariyb 20 mlrd so‘m o‘z vaqtida to‘lanmadi

Shuningdek, Moskvadan Toshkentga “O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyotida 275 nafar fuqarolar olib kelindi.

Qo‘shimcha poyezd

Toshkent - Andijon yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovi boshlandi. Poyezd qatnovi Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan karantin davrida mahalliy yo‘nalishlarda temir yo‘l qatnovlarini yo‘lga qo‘yishning Vaqtinchalik tartibiga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. 

Dunyo salomatligi

COVID-19 dunyoning deyarli barcha davlatga yetib bordi. BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan kishilarning soni 5,6 milliondan oshdi, 350 ming kishi vafot etdi, 2,3 million kishi sog‘aydi.