Yevropa ittifoqi bosh diplomati Amerika asri tugaganini e’lon qildi

Yevropa Ittifoqi tashqi siyosiy mahkamasi rahbari Jozep Borrel dunyo siyosatida mashhur bo‘lgan: vaqtida sotish, oldindan ko‘ra bilishni anglatadi, degan naqlni amalda namoyish qildi.
Sputnik

Yevropaning ko‘zga ko‘ringan diplomati, ehtimolki, geosiyosiy maydondagi vaziyatga yaxshilab nazar solib, Yevropa Ittifoqining yangi strategik kursini belgilash ayni vaqti ekanligini tushungan ko‘rinadi. Bu kurs katta ehtimol bilan "Osiyo asri boshlandi!" shiori ostida o‘tadi.

Svetov: pandemiyadan keyin YeI mamlakatlari o‘rtasidagi munosabat qayta ko‘rib chiqiladi

Aslida, janob Borrel, yaqinda nemis diplomatlari bilan bo‘lgan uchrashuvda "Osiyo davri" boshlangani haqida gapirgan edi. Bundan tashqari, Yevropa diplomatiyasi versiyasiga ko‘ra, amerika boshqaruvida bo‘lgan dunyo tartiboti yakun topdi, tarixiy taraqqiyotning yangi sahifasi ochilayotgan bir vaqtda, Yevropa Ittifoqi endi o‘zi uchun sevimli bo‘lgan amerika mustamlakasi roli bilan kifoyalanishni yoki omadi chopsa, kollektiv Eski Dunyo neokolonializm bilan shug‘ullanishi uchun Afrika, yaqin Sharq va Sharqiy Yevropa singari an’anaviy "ov joylari"ni darig‘ tutmaydigan Vashingtonning kichik sherigi roli bilan cheklanishga rozi emas.

Brussel ko‘prog‘ini xohlamoqda va uning bu jur’ati oddiy izohlanadi: Vashington kuchdan qoldi, Yevropa Ittifoqi kuchlar muvozanati joy almashganini va Vashington - Pekin liniyasidagi o‘ta shafqatsiz mojaro Yevropa Ittifoqi uchun ulkan imkoniyatlar darchasini ochayotganini, birlashgan Yevropa o‘rtasida turgan amerikalik satellitlar noroziligiga qaramay u bu imkoniyatlar darchasiga sakrab kirib olishi kerakligini tushunmoqda.

Munxendagi drama: “AQSh boshchiligidagi global tartib tugadi”

Britaniyaning The Guardian nashri janob Borrelning chiqishida o‘z ifodasini topgan jur’atli tezislarni keltirib o‘tmoqda.

"Analitiklar amerika (xalqaro munosabatlari - tahr.) tizimi nihoyasiga yetgani va Osiyo davri boshlangani haqida uzoq gapirishdi. Hozir bu bizning ko‘z o‘ngimizda ro‘y bermoqda", — deya bayonot berdi Yeropaning bosh diplomati. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqiga hozirda Vashington tomonidan ham, Pekin tomonidan ham ulkan diplomatik bosim o‘tkazilayotganiga shama qildi.

Yevropa ittifoqi yetakchi amaldorining "tarafkashlik masalasida bosim o‘tkazilayotgani" haqidagi arzlari o‘z-o‘zidan mojarolidir. Birinchidan Yevropa davlatlarini boshqaruvchi mamlakatlarda ayrim erkin shakldagi iroda borligini anglatadi, ikkinchidan, Yevropa ittifoqi umumiy qadriyatlar, transatlantik birdamlik va NATO shaklida umumiy xavfsizlik tizimiga taalluqliligi haqidagi gaplarga qaramay, fundamental geosiyosiy mojaroda Xitoy tomoniga o‘tishini va amerika bilan barrikadalarning qarama-qarshi tomonida bo‘ladi.

Moskva — Vashington — Pekin: koronainqiroz "Katta uchlik" vujudga kelishini tezlashtiradi

Lekin bunda eng qizig‘i - Yevropa ittifoqining bosh diplomati tanlov masalasini qanday hal etishni taklif qilayotganidadir. U berayotgan taklifga ko‘ra, sayyoraning bosh derjavasi maqomiga da’vogar ikki nomzod mojaroda Brusselning Pekin yoki Vashington yonini olishdek bevosita ishtirokisiz o‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritib olishlari kerak.

Katta hisob bilan Yevropa ittifoqi o‘zining yetakchi diplomati orqali suverenitet to‘g‘risida deklaratsiya berdi.

Borrel versiyasiga ko‘ra, yevropaliklar "o‘z shaxsiy manfaatlari va qadriyatlariga amal qilishi, u yoki bu tomon instrumentiga aylanishdan qochishi zarur", bundan ko‘rinib turibdiki u Pekin qo‘lida peshkaga aylanmoqchimas yoki Vashington qo‘lidagi peshka maqomida ham qolmoqchi emas.

Donald Tramp geosiyosiy bataliyalar maydonidan blok ishtirokidagi bunday dezertirlikdan mamnun bo‘ladi, deyish mushkul, axir u (nazariy jihatdan) AQShning eng sodiq vassali bo‘lishi va amerikaning barcha geosiyosiy avanturalarini qo‘llab-quvvatlashi lozim. Amerika prezidentiga yaqin doiradagi odamlar ko‘p bora takrolaganidek, Pax Americana himoyasi - bu amerika ta’siri va amerika gegemoniyasi himoyasini anglatadi - eng ustuvor jihat ham shu, unga nisbatan murosa qilib bo‘lmaydi.

Tayvan Xitoyni nishonga oldi, AQSh esa bunda “nishonga olishga ko‘maklashuvchimi”?

Shu ma’noda Borrelning amerika davri tugagani, xuddi shu vaqtdan Osiyo davri boshlanayotgani haqidagi ta’kidi xoinlikdan boshqa qabilida qabul qilinmasligi ham aniq, buning uchun (siyosiy o‘zboshimchalik janrida chiqish qilgan) aniq bir diplomatni emas, Yevropa siyosiy elitasining barcha segmentini jazolash kerak. Axir ularku "o‘zimizga boshqa xo‘jayin topish vaqti kelmadimi", deb o‘ylab Pekin bilan o‘ynashmoqda yoki o‘tmishdagi buyukligi yodiga tushib, Yevropa ittifoqini yangi ko‘pqutbli dunyoda mustaqil "kuch qutbi" sifatida e’lon qilish haqida xayol surmoqda.

Shuni ham qayd etish joizki, Xitoyga nisbatan ham Borrel iliq so‘zlar topa olgani yo‘q, u kooperatsiya o‘rniga konfrontatsiyani ma’qul ko‘rishiga shama qildi ham. "Bizga Xitoyga nisbatan yanada qattiqroq strategiya zarur, Osiyoning demokratik qismi bilan munosabatlar ham yaxshilanishni talab etadi", - dedi u.

AQSh yana bir muhim shartnomadan chiqmoqda - bu dunyoga qanday xavf soladi

Xitoy bilan ma’lum to‘qnashuvlari (yoki haqiqiy qaynoq nuqtalari) bo‘lgan Pekinga qo‘shni davlatlarga Yevropa ittifoqidan kutilmaganda diplomatik, iqtisodiy, shuningdek, ehtimol, texnologik va harbiy ko‘mak kela boshlasa, bu Pekinga yoqib tushishi amrimahol.

Yevropa ittifoqini Osiyoga qaytarish singari ambitsiyali strategiyaning bosh muallifi, umuman olganda, Fransiya prezidenti Makron ekanligini hisobga olib, shunday gumon paydo bo‘lishi mumkinki, go‘yo Yevropa ittifoqi hozirgiga qaraganda xalqaro sahnada juda katta martaba va ta’sirga ega bo‘lgan XX asrning sovuq urushi davridagi "sharafli kunlariga" qaytishga ham emas, balki birdaniga Yevropa derjavalari Osiyo mustamlakalarini o‘zaro bo‘lib, o‘zlarining mustamlaka loyihalarida aql bovar qilmas pul shlagan XIX asrga qaytishni qo‘msayotgandek.

AQSh ochiq osmon shartnomasidan chiqib urushga yo‘l ochmoqda - Jirinovskiy

Xitoyning Vashington bilan munosabatda ma’lum murakkabliklarga ega bo‘lgan qo‘shnilariga allaqanday alternativ geosiyosiy "krishani" taklif etish ayrim yevropalik siyosatchilarga genial fikrdek tuyulishi mumkin - "Osiyo asri" "Xitoy asri" bo‘lishi shart emas, axir. Yevropa ittifoqi nuqtayi-nazaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, bunda Eski Dunyo ushbu mintaqada juda ko‘p foyda olishi mumkin, axir zamonaviy shart-sharoitda harbiy kuch qo‘llamasa ham bo‘laveradi.

Bir tomondan Yevropada bu singari geosiyosiy ambitsiyalarning favqulodda uyg‘onishi kishini xursand qilmay qo‘ymaydi: "kollektiv G‘arb" tamomila darz ketadi, Yevropa ittifoqi esa bir emas, bir yo‘la ikki frontda - Xitoy bilan diplomatik kurash va AQSh bilan savdo urushida o‘ziga sarguzasht izlamoqda. Lekin ikkinchi tomondan, bizda XX asrdan qolgan (qurilishida buyuk bobokalonlarimiz ishtirok etgan) xalqaro aloqalar va munosabatlarning qaysidir ma’noda stabil tizimi uchun bir oz havotir hissi paydo bo‘ldi — o‘zaro ziddiyatlarni radikal yo‘l bilan hal qilish istagida yonayotgan yirik geosiyosiy o‘yinchilar istaklarini inobatga olgan holda, bu tizim ko‘p yashamaydi, degan xatar mavjud.